Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana07.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1173963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
tarmoq turlari va jihozlanishi

-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti 
yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) 
almashinishi tushuniladi.
Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia 
vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi.
Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish 
qobiliyati kuchli bo’lishi lozim.
MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish 
mumkin. 
 
II.3. LOKAL KOMPYUTER TARMOQLARI 
Mahalliy tarmoqlar atamasini aynan, katta bo`lmagan, mahalliy o`lchamli, 
yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq, deb 
tushuniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko`rsatkichlariga nazar 
solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o`n 
kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa bir 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


12
xonaning, bir binoning yoki bir – biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, 
balki bir shahar doirasidagi o`lchamdir. 
Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda, global tarmoq orqali bir xonada 
joylashgan ikki yonma- yon sto`ldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvi 
amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim 
mahalliy tarmoq, deb atamaydi.
Yaqin joylashgan ikkita kompyuterni interfeyz orqali kabel yordamida 
bog`lash mumkin yoki hatto, kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham 
kompyuterlarni bog`lash mumkin. 
Lekin bunday bog`lanish ham mahalliy tarmoq, deb atalmaydi. Balki 
mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo`lib, ko`p bo`lmagan 
kompyuterlarni bog`lashdir. 
Haqiqatdan ham mahalliy tarmoq ko`p hollarda ikkitadan to bir necha o`nlab 
kompyuterlarni o`z tarkibiga oladi. Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning 
cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo`lib, abonentlarning soni mingtagacha 
yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq, deb atash balki noto`g`ridir. 
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab 
oladi. Lokal tarmoqlar esa yetarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 
100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat 
qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda 
ishlash imkonini beradi.
Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print 
serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida 
tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi. 
Ba’zan mahalliy tarmoqni “ko`p kompyuterlarni uzviy bog`lovchi sistema”, 
deb ta’riflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz 
va vir turdagi uzatish muhiti orqali amalgam oshiriladi, deb faraz qilinadi.
Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarda bir turdagi uzatish muhiti haqida 
gap yuritib bo`lmaydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


13
Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek, 
shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. 
Axborot uzatishni vositachisiz ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi 
zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va 
ko`priklardan foydalaniladi. 
Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov 
beruvchi bu vositalarni vositachi, deb qabul qilinadimi yoki yo`qmi, unchalik 
tushunarli emas.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir: 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling