Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq turlari va jihozlanishi
2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq Halqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi. Halqa topologiyasi – bu har bir kompyuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Halqa tarmog’ining tuzilishi quyidagi 4-rasmda keltirilgan. 4-rasm. Halqa tarmog’ining tuzilishi. Halqa topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o`ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo`ylab signalni so`lish muammosi bo`lmaydi. Halqadagi ikki kompyuter o`rtasidagi so`nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo`q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo`lishi mumkin. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 16 Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to`liq teng huquqli emas. Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus halqa topologiyasi tarmoqning aynan shu mo`ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo`ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi. Halqaga yangi abonentni ulash, odatda oddiy, lekin albatta ulash vaqtida butun tarmoqni ishtan to`xtatish lozim bo`ladi. Halqa topologiyasi odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko`p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo`q. Shuningdek markaziy ob’yekt ham yo`q. Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o`tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishtan chiqsa, butun tarmoqning ish faoliyati to`xtaydi. Xuddi shuningdek tarmoq kabellarining birontasi uzulsa yoki qisqa to`qnashuv ro`y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. Halqa topologiyasi kabellari uzulishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada odatda, ikkita parallel aloqa yo`llar o`tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo`ljallanadi. Halqa topologiyasining yirik yutug`i shundan iboratki, unda har bir ob’yekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi. Bu ma’noda halqa topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir. Ba’zi hollarda Halqa topologiyasida ikkita aloqa yo`li o`tkazilib, bu aloqa yo`llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi- axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shkastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling