Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq turlari va jihozlanishi
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; -server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar). Server- tarmoq abonenti bo`lib, u o`z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o`zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo`lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo`lishi shart emas. Ajratilgan server – bu server faqat tarmoq masalalari uchun hizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa hizmat ko`rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin. Mijoz - faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o`z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko`pincha ish stansiyasi, deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o`zida ham mijoz va shuningdek, server bo`lishi mumkin. Ko`pincha server va mijozni kompyuterni o`zi, deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o`z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa, mijozdir. 5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS): PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling