Umumiy ma’lumotlar. Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish. Gidratli ohak
Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish
Download 102.19 Kb.
|
Хавода котувчи богловчи моддалар (охак)
Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish.
Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan SaSO3 bo‘lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% SaO va 44% SO2 dan iborat. Ko‘pincha zich ohaktosh va bo‘r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko‘pchilik hududlarda uchraganligi uchun bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ohak ishlab chiqarish texnolik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so‘ndirishdan iborat. Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog‘ jinslarini 900-12000S da kuydirish yo‘li bilan SO2 ni mumkin qadar to‘liq ajralib chiqishi SaSO - SaO - SO2 reaksiyasi asosida va keyinchalik bo‘lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni shaxta pechlarida (bo‘laklar o‘lchami 8-20 sm) va aylanma pechlarda (5-40 sm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. SaSO3 ning termik parchalanish 9000S da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo‘laklar o‘lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog‘liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 1200S ga teng. Kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan ohaktosh 2 marotaba kam. Haqiqatdan ham u hammasi bo‘lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil bo‘lgan qaynama o‘ta g‘ovakligini ko‘rsatadi. Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo‘linish vaqti ohakning g‘ovakliligiga, hajm birligidagi og‘irligiga, katta ta’sir qiladi. Harorat oshishi bilan kuydirish tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Ko‘pincha ohaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Har qanday: qattiq, suyuq va gaz holatidagi yonilg‘ida ishlashi mumkin. Shaxta pechiga yuqoridan ohaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg‘i solinadi. Pech bo‘y baravariga shartli uch zonaga bo‘linadi: isitish, kuydirish, sovutish. Pechning pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan ohak to‘kiladi. Pastdan berilgan havo ohak bo‘laklarining issig‘i hisobiga qiziydi va tepaga ko‘tarilib kuydirish zonasiga uchraydi. Ushbu zonaning harorati 12000S ga boradi. Bu yerda yonilg‘i yonishi qavatlari isitiladi. Isitish zonasida ohaktosh quritiladi va tarkibidagi organik aralashmalar kuyadi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlar saqlanadigan omborga jo‘natiladi. Aylanma pechlarda o‘ta yuqori navli kuydirilgan ohak olinadi, bunda mayda bo‘lakchalar hamda oqimga qarshi prinsipidan foydalaniladi, lekin yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. Shaxtali va aylanma pechlardan tashqari ohakni «qaynama» qavatdan kuydirish uchun unumdorligi yuqori bo‘lgan asboblar ishlatiladi. «Qaynama» qavatda issiqlik rejimi bo‘yicha kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o‘xshaydi. Tuyilgan ohaktosh yuklaydigan moslama orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo‘lingan havo o‘tkazuvchi teshiklari bor. Ventilyator bilan yuqori zona orqali surilgan havo ohaktosh qavatini havoga to‘yintiradi. To‘yingan ohaktosh to‘kuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga o‘tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va parchalanadi. Bo‘lakli ohak ishlatilishidan oldin tuyilishi yoki so‘ndirilishi kerak. Ohakni quvurli tegirmonlarda yopiq siklda maydalanadi. Uni aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga (domna, yoqilgi shlaklari, kul va h.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500sm2/g. gacha maydalanadi. natijasida kalsiy karbonat parchalanib SaO va SO2 hosil bo‘ladi. Issiq gazlar ventilyator orqali yuqoriga surilib modda va yonilg‘ining yuqori Download 102.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling