Umumiy ma’lumotlar. Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish. Gidratli ohak
Download 102.19 Kb.
|
Хавода котувчи богловчи моддалар (охак)
Gidratli ohak.
Ohakni bu turlarini olishda asosiy jarayon – so‘ndirishdir. Havoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan (ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: SaO+N2OSa(ON)2-g Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab ketadi. Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, SaSl va boshqalar SaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiradi. So‘nish haroratining ko‘tarilishi SaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi kalsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog‘liq. Hajmi 2 barobardan ko‘proq keskin ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi borishi mumkin. Hosil qilingan ohak kukun-ohak va ohak hamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan nihoyatda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak hamiri asosan Sa(ON)2, qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3 marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori juda ko‘p bo‘lganda ohak hamiri olinadi. Kukun-ohak Sa(ON)2, SaO ning gidratlanish jarayoni SaO ni eritish hamda uning nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik chizma bo‘yicha o‘tadi (1-chizma). SaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga, shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv yetishmasligi natijasida so‘ndirilgan ohakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Sa(ON)2 parda hosil bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning hamir holidagi qavat hosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi. Ohakdagi ortiqcha begona narsalar mahsulotning so‘nishini kechikishiga, sekinlashishiga, shuningdek natijada hajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar hosil bo‘lishi buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak. Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslamada so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich - so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug‘ beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi. \ Uzluksiz so‘ndirish - parrakli yetti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib yetti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Har qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi. Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. Yuz tipidagi so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi. Ohak hamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak hamiri qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin. ssiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtirgich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi. Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarida maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalag‘ichda maydalanib keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi. Download 102.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling