Umumiy ma’lumotlar. Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish. Gidratli ohak
Download 102.19 Kb.
|
Хавода котувчи богловчи моддалар (охак)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydalangan so‘ndirilmagan ohak.
Ohak hamiri.
Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-500S isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m3 oraliqda bo‘ladi. \Maydalangan so‘ndirilmagan ohak. Uni bo‘lakli ohakni oldindan so‘ndirmasdan judayam maydalash yo‘li bilan olinadi. Maydalangan so‘ndirilmagan ohak asosidagi qorishmaga suvga talabi kam bo‘lgani uchun mustahkamligi yuqori bo‘lib solishtirma yuzasi kamligi bilan tushuntiriladi. Suv ohak nisbati to‘g‘ri tanlanganda (0,9-1,5) kalsiy oksidi gidratlanish natijasida hosil bo‘lgan kalsiy gidrooksidi kristallari eritmadagi Sa(ON)2 o‘zaro o‘sib tez mustahkam kristall o‘simta hosil qiladi. Qorishmaning yoki betonning o‘z-o‘zidan isishi o‘zicha qorishmaning qotishi va mustahkamligi o‘sishga olib keladi. Bu esa qishgi ishlarda (g‘isht terishda, suvoq ishida va hokazo) o‘ta muhimdir. Buni shunday tushintiradiki, maydalangan so‘ndirilgan ohak tezda suv bilan birikib issiqlik ajratadi va shu issiqlikni vaqtida tarqatilmasa hosil bo‘lgan yuqori harorat buyumlarni buzib yuborishi mumkin. Maydalangan so‘ndirilmagan gidratlangan ohakka o‘ta to‘yilgan mineral qo‘shimchalar qo‘shish ruxsat etiladi: domna yoqilg‘i shlaklari, kullar, ohaktosh. Maydalangan so‘ndirilmagan ohakni qotishida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi shartlar qo‘llanilishi kerak: 1. o‘ta tuyilgan ohak qo‘llanilishi. 2. suv ohak nisbati aniq bo‘lishi. 3. suv bug‘lanishini olib keluvchi omillarni oldini olish. 4. ohak gidratlanish jarayonida qorishmani aralashtirmasligi. Download 102.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling