Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl fazalarining o`zgarishi, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi. - Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl fazalarining o`zgarishi, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.
- Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif mos kelishi), turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak, umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy iqtisodiyotining mutanosibligidir.
- Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi.
- Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o`rtasida mutanosiblik bo`lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o`rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo`lishidir. Bunda tenglik bo`lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo`lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g`oyat murakkab va ko`p qirrali bo`lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko`p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosibliking quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
- Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg`arish fondi o`rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o`rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
- Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o`rin tutadi. Mamlakat xalq xo`jaligi juda ko`p tarmoq va sohalardan iborat bo`lib, ularning rivojlanishi bir- birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o`z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo`jalik mahsulotlarning ko`pchilik qismi /paxta, g`alla, pilla, sut va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |