Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

XI-Yangi mavzu bayoni:
КоЧ-u tog‘lik,
Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim.
Momo yurti,
Bobo yurti, chambilbelim.
Zar-u gavhar — yaltiroq tosh, 
nedir olmos,
Sen biz uchun ham non, ham osh, 
mangu meros.
0 ‘quvchining xotirasiga bir o‘qishdayoq mixlanib qoladigan bu quyma 
satrlar 0 ‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir.
Mirtemir Tursunov 1910-yilda, o£zi yozganidek, Qoratog£ etakla- 
rida— Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Awal bobosi 
qo‘lida va eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» 
nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko£radi. Samarqanddagi
23


0 ‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. 0 ‘qishni bitirib 
maktablarda muaUimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida 
ishlaydi.
Shoiming birinchi she’d «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida 
e’lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy 
to‘plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari 
dunyo yuzini ko‘radi.
30-yillarda u juda ko‘p vaqtini taijimalarga bag‘ishlaydi. A. S. Push­
kin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, 
dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi. Umuman taijima sohasida Mirtemir 
nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, 
Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim 
Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz» 
qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o‘zbek 
o‘quvchisiga yetib kelgan.
Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop 
ettirdi. «Bong», «Poytaxt», « 0 ‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», 
«Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog‘day tayanchim», «Yodgorlik» ka- 
bilar ulaming ichida eng mashhurlaridir. Bu to‘plamlaming mundarijasiga 
qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg‘ular, 
taassurot va xotiralar jamuljam bolganini ko£rasiz. Chunki Mirtemir 
xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlami 
taijima qilsin, qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan.
Shoiming ijodidagi bosh mavzu nima deb so£ralsa, yurtga, tabiatga 
oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin 
dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu 
mavzular ko‘pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’ming o‘zida 
ham tabiat go‘zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg'usi va yarn hayotga 
muhabbat kabi tushunchalaming ifodalanishini ko'rish mumkin.
Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plam 
tayyorladi. Va unga so‘nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o‘zidan 
keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi.
Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling