Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

XI-Yangi mavzu bayoni:
0 ‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmi va yigirmanchi asming bosh- 
larida, ya’ni ilk mustamlakachilik davrida ravnaq topgan milliy uyg‘onish ada- 
biyotining zabardast vakillaridan bin Muhammad Aminxo‘ja Muqimiydir.
Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlangan. Shoir 
hayotligi davrida uning ijodiga bildirilgan turli-tuman munosabatlar
bahslar, maqolalar bunga guvohlik beradi. Muqimiy vafotidan keyin shoir- 
ning devoni ilk bor «Devoni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr 
etildi. Unda she’riy namunalar qatori hassos shoiming qisqacha tarjimayi 
holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda Portsev litografiyasida 
shoiming hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr 
etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami chop qilindi.
31


Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asming 30-yillarida 
boshlandi. Bu davrda Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish 
qizg‘in va samarali olib borildi. Gazeta va jumallarda qator maqolalar e’lon 
qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G ‘afur G ‘ulom turdi. 
1938-yilda G \G ‘ulom tomonidan tuzilib «Muqimiy bayozi» deb nomlan- 
gan to‘plam katta ahamiyatga ega boidi. 1950-yilda Muqimiyning «Лирика 
и сатира» nomli ikkinchi to‘plami Moskvada rus tilida nashr etildi.
1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi. Shu yili 
shoir vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga 
oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoiming «Tanlangan asarlar»i o‘zbek va 
rus tillarida nashr etildi, Muqimiy hayoti va ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan 
bir qancha nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Shu tariqa adabiyotshu- 
nosligimizda muqimiyshunoslik degan yangi ilmiy yo‘nalish vujudga keldi.
Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850-yilda Qo‘qon 
shahrida Bekvachcha mahallasida, nowoy oilasida tug‘ildi.
Muqimiy dastlab o‘z mahallasidagi mulla Abduxalil maktabida tahsil 
oladi. Shoiming ilm o‘rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning 
volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ko‘plab ertak va qo‘shiq- 
laming ta’siri kuchli bo‘ldi.
Muqimiy dastlab Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida ta’lim oladi. 
1872—73-yillarda Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida 
o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda o‘qishni tamomlab Qo‘qonga qaytadi. 
Uylanadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so‘ngra 
Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi paromda pattachilik qiladi.
Moddiy muhtojlik Muqimiy oilasining buzilishiga olib keladi. Xotini 
o‘g‘lini onasiga tashlab, boshqa kishiga turmushga chiqadi. Shoir o‘z ota 
hovlisini tark etib, shu mahallada joylashgan Hazrat madrasasidan bir 
hujra oladi. Shu «hujrai tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini 
yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi.
• Muqimiy hayotini mutolaa va ijod qilishga bag‘ishlaydi. Zamonasining 
yetuk xattotlaridan bo‘lgan Muhammad Yusuf Xattotdan ta’lim olib, 
xushxat kotib bo‘lib yetishgan Muqimiyga xattotlik asosiy kasb va tirikchilik 
manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling