Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


X-O'tilganlarni takrorlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Alisher Navoiy siymosining milliy-ma’naviy hayotimizda tutgan 
o‘rni haqida so'zlab bering.
2. Alisheming bolalik yillari to^risida nimalami bilasiz?
3. Yosh Alisher o‘qigan dastlabki kitoblar va ulaming mualliflari haqida 
qanday tushunchaga egasiz?
4. «Alisher Navoiy va temuriy shahzodalar» mavzusida suhbat o‘tkazing.
5. Alisher Navoiyning o‘rta yoshlik yillari hayoti va ijodi haqida so‘zlang.
XI-Yangi mavzu bayoni:
Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ildi. Otasi temuriyzoda 
Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim 
Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
Bo‘lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo‘lib, Farg‘ona 
hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni 
zabt etadi. 16 yoshida bu azim shahami tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. 
Keyin ham ikki marotaba bu shahami egallashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin 
saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‘ldan 
berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan 
paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xuro- 
songa o‘tdi. Kobul va G ‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng 1526-yilda esa
29


U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, 
vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.
Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan. Shulardan bittasi yetib 
kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo'limizda uning 
to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.
Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik. 
Aruzning ma’ium vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan 
to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzara- 
lari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so‘z 
ochadi.
Mana, ayrim namunalar:
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi 
Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Bu ikld ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
Endi Bobuming ushbu ruboiyini yozgan holatini ko‘z oldimizga 
keltiraylik. U 19—20 ^oshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari. 
Lekin Samarqandni ikki marta olib’ ikki marta ham tashlab chiqishga 
majbur bo‘ldi. Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u 
toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va 
yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi.
Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan 
o‘tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G ‘azna shaharlarini jangsiz egallab 
oldi. Lekin butun ko‘ngli Amudaryoning bu tomonida, ona Vatanida. U 
tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,
Ham mol yigcishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
Bobur bugun xalqimizning sevimli farzandlaridan bo‘lib turihdi. U 
haqda dostonlar, romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijonda 
va Toshkentda ulkan bog‘i Ьафо etilib, haykali o‘matilgan.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling