Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda 
ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq 
ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
V-Dars turi: 
Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi dars.
VI-Darsda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,
VII-Darsda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
VIII-Tashkiliy qism:
a) salomlashilsh 
b) navbatchi axboroti
c) davomatni aniqlash 
d) uyga vazifani tekshirish
IX-Darsning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash 
b) yangi mavzu bayoni 
c) 
mustahkamlash. 
d) 
O'quvchilarni 
baxolash
X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotidagi eng muhim voqealar 
to‘g‘risida so‘zlab bering.
2. Hamza she’rlari bilan aytiladigan qanday qo‘shiqlami bilasiz?
3. Hamzaning ma’rifarparvar bo‘lib shakllanishiga nimalar sabab 
bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
4. Uning qaysi dramatik asarini to‘liq tomosha qilgansiz? Taassuro- 
tingizhi sinfdoshlaringizga gapirib bering.
XI-Yangi mavzu bayoni: 
,
Hozirgi zamon milliy adabiyotim izning yirik namoyandasi
0 ‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida 
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tavallud topgan. 
Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chib keldi. Erkinjon 
awal o‘rta maktabda, so‘ng hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy universitetining 
filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yilda o‘qishni bitirgach, nashriyot- 
larda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi 
tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.
Erkin Vohidov dastlabki she’rlarini maktabda o‘qib yurgan payti- 
dayoq e’lon qila boshlagan, birinchi she’riy to‘plami esa «Tong nafasi» 
nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning
37


qirqdan ziyod kitobi o‘quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tash- 
qari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» 
singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» nomli hajviy turkumi, 
«Oltin devor» komediyasi, «Shoir-u she’r-u shuur» deb atalgan adabiy- 
falsafiy to‘plami XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‘lib 
qo‘shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S. Yese­
nin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlaming ko'plab 
asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Ijodkor tomonidan ulug‘ nemis 
mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan 
o‘girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz 
tarixida ham muhim voqea bo4lib qoldi.
Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast 
vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho‘ro adabiyotshunos-
ligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», 
deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» 
(1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‘nlab go‘zal g'azallari bilan 
bunday da’volaming puch ekanini isbotlagandi. U « 0 ‘zbekiston xalq 
shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan ijodkordir.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‘zining butun faoliyati va ijodini xalqi- 
miz orzu-o‘ylarini badiiy ifodalash, miUatimiz taqdiriga daxldor muam- 
molami dadil ко4arib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini 
yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirgandir. Bu jihatdan shoiming 
1968-yilda yozilgan «0 ‘zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.
Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podshohlar, amir-u 
xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash 
maqsadida bitilardi. Erkin Vohidov esa ona xalqi — 0 ‘zbegimga qasida 
bag‘ishlaydi! Bu ijodiy jasorat yana shunisi bilan muhimki, u yozilgan 
paytlari sobiq sho‘ro mamlakatidagi barcha millatlar «sovet xalqi» degan 
umumiy, sun’iy nom bilan atalar, odamlaming muayyan millat vakili 
ekani bilan faxrlanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling