Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932- 
yilda bosilib chiqqan. Shundan so'ng shoiraning «She’rlar» va «Qizlar 
q o ‘sh ig ‘i» (1 9 3 8 -y il), «Uni Farhod der edilar» (1 9 4 3 -y il). «Hijron 
kunlarida» (1944-yil). «Dalada bir kun» (1948-yil), «Tong qo'shig'i» 
(1953-yil), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» 
(1965-yil), « 0 ‘ylar», «Shalola» kabi o ‘nlab she’riy to"plamlari chop etildi.
U atoqli o ‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Biroq ular 
orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada - 1944-yili mashina avariyasi 
tufayli turmush o ‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o ‘z mu- 
habbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom 
ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa 
va opera librettolarini yaratadi. 0 ‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», 
«Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind 
shoiralarining she’rlarini o ‘zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yev- 
ropaning o ‘nlab davlatlarida boMib. xalqaro xotin-qizlar hamda ada­
biyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etardi. Yurtboshimiz 
Islom Karimov ta’riflaricha «Uning jahon minbarlaridan yangragan 
shc'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi 
sifatida millionlab sh e’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sa- 
doqatdan saboq bergan». Shoiraning she’rlari ingliz, nemis, ms, bolgar, 
xitoy, hind, yapon, arab. fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiv tillarga tarjima 
qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.
Xll-Mustahkamlash: 
O'quvchilarni
baholash
1. Shoira Zulfiya qayerda tugilgan. qaysi o ‘quv yurtini tugatib, qanday 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling