Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Asbob va moslamalar: masshtabli va 50 sm li chizg‘ichlar,
burchakli chizg‘ich, turli lekalolar, qalam – TM va 2M, o‘chirg‘ich, albom, qaychi. Masshtab 1 : 4 da chizilgan chizma asosida o‘z o‘lchamiga fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasi chiziladi. Fartukning va qoplama cho‘ntakning etak qismlari aylana shakliga kel- tirilib modellashtiriladi. Asos chizmasi va modellashtirilgan chiziqlar bo‘ylab fartuk va qalpoq cha chizmalari qirqiladi va andazani bichishga tayyorlanadi, ya’ni: 1. Kiyim nomini andazaga yozib qo‘yish – ko‘krakpech qismi yaxlit bo‘lgan fartuk. 2. Andazaga kiyim o‘lchamini yozib chiqish – 38-o‘lcham. 3. Andaza detallarining sonini ko‘rsatish – 1 dona. 4. Andazada gazlamaning bo‘ylama ip yo‘nalishini aniqlash. 5. Andazada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqi- ning miqdorini yozib chiqish – yon qirqimida 1 sm. 1. Modellashtirishdan maqsad nima? 2. Andazani bichishga qanday tayyorlanadi? 3. Fartukning eskizdagi chiziqlarini andaza qismlariga o‘tkazing. 4. Cho‘ntak turiga qarab, fartuk qismlariga yangi chiziqlar kiriting. Bog‘ichli qalpoqchani bichish va tikish Bichishga qo‘yiladigan talablar: 1. Bichishdan oldin gazlama yaxshilab dazmollanadi va taxlab qo‘yiladi. 163 2. Gazlamaning bo‘ylama ipini, gullarini, sirtidagi nuqson- larini hisobga olib, andaza qismlarini gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi. 3. Andaza qismlarining atrofi bo‘r, sovun yoki oddiy qalam bilan chizib chiqiladi. 4. Gazlamadagi qoldirilgan chok haqi andaza qismlarida qoldirilgan chok haqi bilan bir xil bo‘lishi kerak. 5. Andaza qismlari aniq chizilgani bo‘yicha qirqiladi. 6. Bichish vaqtida andazani gazlamaga tejamkorlik bilan joylashtirish, mumkin qadar chiqindini kam chiqarish kerak. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling