152
3. Ustki ipni rostlovchi ikki tarelkacha – 2
orasidan va
moslovchi prujina – 3 orqali o‘tkaziladi.
4. Ip tortkich teshikchasi – 4 orqali o‘tkazilib,
yon qopqoq-
dagi ip yo‘li – 5 bilan, igna ustunidagi ip yo‘liga – 6 (il-
gakdan) o‘tkaziladi.
5. Ip igna teshigiga ip yo‘li orqali – 7
ignaning ariqchasi
tomonidan o‘tkaziladi, ipning ortiqcha uchi 10–15 sm bo‘ladi.
Ostki ipni o‘tkazish (33-rasm):
1. Ip o‘ralgan naycha mokiga o‘rna
tiladi (33-rasm,
a).
2. Naychadagi ipni mokidagi ip
chiqaruvchi prujina orasi-
dan o‘t
kaziladi, ipning ortiqcha qismi 10–15 sm bo‘ladi (33-
rasm,
b).
3. Moki o‘zining uyasiga o‘rnatiladi (33-rasm,
d).
4. Ustki surilma plastinkani yopib, mokidagi ip igna plas-
tinkasining teshikchasidan chiqariladi (33-rasm,
e).
5. Har ikkala ipni tepkining orqasiga o‘tkazish kerak.
Mashina choklarini tikish. Kerakli ish jihozlari:
tikuv
mashinasi, g‘altak ip, 5x8 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama
bo‘laklari, ish qutichasi, maxsus chizg‘ich, qaychi.
Mashina choklari uch turli bo‘ladi (7-jadval).
1. Biriktirma choklar. 2. Ziy choklar.
3. Bezak choklar.
d
b
e
a
33-rasm. Ostki ipni o‘tkazish.