Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Dazmollash usullari:
1. Dazmollash – gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash
tekislash (26-rasm, a). 
2. Yorib dazmollash – choklar orasini ochib, ikki tomonga 
yotqizib dazmollash (26-rasm, b).
3. Bostirib dazmollash – choklarni bir tomonga yotqizib 
dazmollash (26-rasm, d).
4. Dazmollab yupqalashtirish – suvlab dazmollab yupqa-
lashtirish (26-rasm, d).
5. Bug‘lash – kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish. 
O‘qituvchi har bir usulni amalda ko‘rsatib beradi.
26-rasm. Dazmollash usullari.
a
b
d


147
Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari:
1. Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostla-
gichi to‘g‘rilanadi.
2. Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish 
kerak.
3. Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, o‘ng tomonida 
esa avval mayda qismlaridan boshlab dazmollanadi.
4. Dazmollangan kiyimni to‘g‘rilab osib yoki taxlab qo‘yish 
maq sadga muvofiqdir.
1. Qo‘l choklarini bajarish tartibini aytib bering.
2. Ushlagichni tayyorlash bosqichlarini izohlang.
3. Nima uchun tikilgan buyumlarni dazmollash kerak? 
4. Dazmollar haqida ma’lumot bering.
5. Dazmollash usullarini aytib bering. 
6. Dazmoldan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini izohlang.
7. Elektr dazmoldan foydalanganda rioya qilinadigan texnik shartlar 
nimalardan iborat?
2.3. MАSHINА, MЕХАNIZM, STАNОKLАR VА 
ULАRDАN FОYDАLАNISH
Qo‘l yuritmali tikuv mashinasi. Tikuv mashinasini 
ishga tayyorlash va ipsiz tikish
Hozirgi kunda tikuv mashinalarining ko‘plab turlari mavjud 
bo‘lib, ularning ishga tushirilishiga qarab uch turga ajratish 
mumkin:
1. Qo‘l yuritmali tikuv mashinalari.
2. Oyoq yuritmali tikuv mashinalari.
3. Elektr yuritmali tikuv mashinalari.
Har qanday tikuv mashinasi bir necha qismlardan tuzilgan 


148
va ular har xil metallar 
qotishmasidan tayyorlan-
gan. Tikuv mashinasi-
ning (27-rasm) qismlari 
va asosiy mexanizmlari 
quyidagilardan iborat: 1–
platforma, 2–baxya rost-
lagichi, 3–qo‘l yuritma 
korpusi, 
4–ip
o‘ragich, 
5–maxovik, 6–tana, 7–
ip tortkich, 8–tepkini 
ko‘taruvchi richag, 9–
yuqori ipni rostlagich
10–igna yuritkich, 11–
moki moslamasi, 12–qisish tepkisi, 13–igna plastinkasi, 14–
platforma qutisi.
Tikuv mashinasining qo‘l yuritma qismining tuzilishi 
quyi 
dagicha (28-rasm). Uning korpusida (1) katta uch tish-
li va kichik besh tishli g‘ildiraklar bo‘ladi. Katta g‘ildirakka 
yog‘och yoki plastmassa dasta (7) richagga (4) o‘rnatiladi va 
u g‘ildirakni aylantiradi. Tishli g‘ildiraklar harakatni po‘lat 
tizgin (6) orqali maxovikka uzatadi. Richagni katta tish-
li g‘ildirakdagi uyaga (2), qo‘l yuritma korpusini maxsus 
vint (8) bilan mashina korpusiga mahkamlanadi. Maxovik 
valni aylantiradi va mashina ishlaydi.
Tikuv mashinasida ishlaganda qu-
yidagi sanitariya-gigiyena talablariga 
amal qilish kerak: 
1. Mashina ignasiga old yoki chap to- 
monidan yorug‘lik tushib turishi kerak. 
2. Tikuvchining stuli ignaning to‘g‘ri-
sida bo‘lishi lozim.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling