140
yuritiladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan baxyalardan
baxyaqator, qaviqlardan esa qaviqqator hosil bo‘ladi.
Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar
5-jadval
Nomlanishi
Rasm
1.
Qo‘l ignalari. Uchi o‘tkir pishiq, sinib ketmaydigan
silliq bo‘lishi kerak. Uzunligi va yo‘g‘onligiga qarab 1 dan
12 gacha raqamlanadi. Toq nomerli ignalar juft
raqamli
ignalarga qaraganda uzunroq bo‘ladi. Ignalarning o‘lchami-
ga qarab turli qalinlikdagi gazlamalarda ishlatiladi.
2.
Qaychi – kiyim bo‘laklarini bichish, tikayotganda
bo‘laklarning ba’zi joylarini, baxyaqatorlar oxiridagi ip
uchini qirqish uchun ishlatiladi. Qaychining 8 xil turi
mavjud.
3.
Angishvona – qo‘l barmoqlarini igna sanchilishidan
himoya qiladi va o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga kiyiladi.
Ikki xil – tubli va tubsiz bo‘ladi. Ayollar ko‘ylagi va
ichki
kiyimlarni tikishda tubli angishvona ishlatiladi. Pal
to,
kostum, plashlarni tikishda tubsiz angishvona ishlatiladi.
4.
Santimetrli lenta – 150 sm uzunlikdagi tasma bo‘lib,
har 0,5 sm oraliqda belgisi bor. Santimetrli tasma gavda
o‘lchamini va bo‘laklarni o‘lchash uchun ishlatiladi.
5.
Maneken –
kiyimni gavdaga mosligini, bo‘laklarining
to‘g‘ri ulanganini tekshirib ko‘rishda ishlatiladi.
6.
Pichoqli halqa – asosan, qo‘lda
qaviq tushirgandan
keyin ipning uchini qirqish uchun ishlatiladi. Ko‘rsatkich
barmoqqa kiyiladi.
141
7.
Dukcha – metall, plastmassa yoki suyakdan yasalgan
o‘tkir uchli sterjen, bort, yoqa uchlari, shakldor choklarni
ag‘darib to‘g‘rilash uchun ishlatiladi.
8.
To‘g‘nag‘ich – turli bo‘laklarni bir-biriga
yopishtirish
uchun, chiziqlarni bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazish
uchun hamda buyumni kiydirib ko‘rishda qo‘llaniladi.
9.
Do'stlaringiz bilan baham: