Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Gazlamaning o‘ng va teskarisini aniqlash


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Gazlamaning o‘ng va teskarisini aniqlash. Gazlamaning 
ikki tomoni o‘ngi va teskarisi gulining bosilishiga, silliqligiga, 
tuki va tozaligiga yoki gullar yo‘nalishiga qarab aniqlanadi.
Asbob va moslamalar: gazlama bo‘laklari, daftar yoki al-
bom, yelim, cho‘tka, hisobot namunasi (2-jadval). 
Ishning borishi:
1. Har xil rangli gazlamalarning bo‘laklari bilan tanishiladi.


136
2. Gazlamaning o‘ng-teskari tomoni aniqlanadi.
3. Gazlama bo‘lagini ikkiga bo‘lib, albomga yopishtiriladi 
(birinchisining o‘ngi, ikkinchisining teskarisi yopishtiriladi).
4. Amaliy ish oxirida hisobot namunasi to‘ldiriladi.
2-jadval
Gazlamalar
Gazlamaning tomonlari
O‘ngi
Teskarisi
Gul bosilgan
Sidirg‘a, yaltiroq
Tukli
Bir rangli 
Arqog‘i har xil rangli
Gazlamalarning bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniq-
lash. Gazlamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning 
yo‘nalishini gazlamaning milkidan, bo‘ylama va ko‘ndalang 
iplarning cho‘zilishidan, tez tortish natijasida chiqargan to-
vushidan, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarning ko‘rinishidan bi-
lish mumkin.
Asbob va moslamalar: gazlamadan namuna (milkli – milk-
siz), lupa, daftar yoki albom.
Amaliy mashg‘ulot natijalari bo‘yicha 3-jadval to‘ldiriladi.
3-jadval
Ip yo‘nalishi
Milki
Cho‘zilishi
Ovozi
Yo‘g‘onligi
Silliqligi
Bo‘ylama ip
Ko‘ndalang ip
Ishning borishi: 
1. Gazlama parchasini olib bo‘ylama va ko‘ndalang iplari 
belgilanadi.


137
2. Gazlama parchasi cho‘zib ko‘riladi, 
uning qaysi tomonga ko‘proq cho‘zilishi 
aniqlanadi.
3. Gazlama parchasini tez-tez tor-
tib ko‘rib, qaysi vaqtda jarangli, qaysi 
vaqtda jarangsiz ovoz chiqishi aniqlana-
di.
4. Gazlama parchasiga lupa orqali 
qarab, bo‘ylama va ko‘ndalang iplar-
ning ko‘rinishi aniqlanadi (23-rasm).

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling