Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Gazlamadagi iplar yo‘nalishining belgilari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Gazlamadagi iplar yo‘nalishining belgilari
1. Gazlama to‘qilishidagi asosiy (tan da) ip milkda bo‘ylama 
bo‘lib o‘tadi. 
2. Gazlama bo‘yiga kam, ko‘nda langiga ko‘proq cho‘ziladi.
3. Gazlama bo‘ylama iplari bo‘ yicha tez tortilganda jarang-
li ovoz chiqaradi.
4. Gazlamalarning bo‘ylama ipi ingichkaroq va silliq, 
ko‘ndalang ipi esa yo‘g‘onroq va tukliroq bo‘ladi. Bular lu-
pada yaxshi ko‘rinadi.
Paxta va zig‘ir tolali gazlamalarning xossalarini aniq-
lash. Asbob va moslamalar: chit va zig‘ir tolali gazlamalar-
dan namunalar, igna, ish qutichasi, daftar.
Ishning borishi. Gazlamalarning xossalarini aniqlab bir-
biriga solish 
tirib, jadvalga yoziladi:
1. Har bir namunaning bo‘ylama ipidan 3–4 tadan sug‘urib, 
qaysi biri yo‘g‘onroq ekani aniqlanadi.
2. Har bir namunaning bo‘ylama va ko‘ndalang iplaridan 
sug‘urib, ularni tortib uzib ko‘rib, qaysi biri pishiqligi 
aniqlanadi.
3. Ikki namuna iplarining oxirini ushlab ko‘rib, qaysi biri 
yum shoqligi aniqlanadi.
23-rasm. Gazlamaning 
bo‘ylama va 
ko‘ndalang iplari.


138
4. Har ikkala gazlamadan namuna olib taxminan 1 mi-
nut g‘ijimlab turiladi, keyin yozib silliqlanadi, qaysi biri 
ko‘p g‘ijimlangani aniqlanadi.
Paxta va zig‘ir tolasining xossalari 4-jadvalda ko‘rsatilgan.
4-jadval 
Tolaning 
nomi
Rang
Ko‘rinishi 
qanaqa
Uzunligi 
(sm)
Qalinligi
Yumshoq-
ligi
Qattiqligi
Paxta
oq
bo‘g‘iqroq
0,6–5,2
ingichka
momiq
baquvvat
Zig‘ir
och ko‘k
yaltiroq
25–100
yo‘g‘on, 
silliq
dag‘al
baquvvat
1. Gazlama qanday hosil qilinadi?

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling