139
kin. Oyoq toliqmasligi uchun o‘tirib bajariladigan ish o‘rnini
pastki qismiga kichkina taglik o‘rnatiladi.
Ishlatiladigan as-
bob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib
qo‘yiladi. Qo‘lda ish bajaruvchilar uchun ish o‘rnini tashkil
etishda quyidagi jihozlar kerak bo‘ladi: stol – yuqori qismi
silliq, mehnat qurollari
va namunalarni saqlaydigan, ochiladi-
gan tortmalardan tashkil topgan; maxsus ish qutichasi – ip va
qurollarni
saqlash uchun; chiqindilar uchun idish; oyoq uchun
tirgak.
Stol o‘ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo‘lib,
bu yerda qaychi, bo‘r, igna, ip va hokazolar saqlanadi. Stol
o‘ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga tex-
nologik xarita joylashtiriladi. Ish stollarining
tagiga chiqindi-
lar idishi qo‘yiladi. Tik turib yoki o‘tirib ishlayotganda gavda
holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto‘g‘ri
bo‘lsa, odam tez charchaydi, ish
qobiliyati pasayadi va gav-
da qiyshayib yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi
to‘g‘ri o‘tirishi uchun oyoqlar tirgakka to‘la tiralib turishi
kerak. Oyoqlarni chalishtirib o‘tirmagan ma’qul, aks hol-
da qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to‘g‘ri
tutib yoki salgina oldinga egib o‘tirish kerak. Tikayotgan
kiyim yoki bo‘lakni ko‘zdan 25–30 sm masofada tutish lozim.
Ish o‘rni yaxshi yoritilgan bo‘lishi, yorug‘lik
chap tomondan
tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavda-
ni to‘g‘ri va qattiq tutib turishi, bo‘yin va ko‘krak qismida
umurtqa to‘g‘ri turishi kerak.
Qo‘l ishlarini bajarishda ishlatiladigan
asbob-uskunalar
5-jadvalda keltirilgan. Bu asbob-uskunalardan o‘quvchilar
foydalanishlarida texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilishlari zarur.
Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan sikli
Do'stlaringiz bilan baham: