Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Sarja to‘qilishdagi gazlamalarning polotno to‘qilishdagi 
gazlamaga nisbatan farqli tomoni shundaki, gazlamaning o‘ng 
sirtida chapdan o‘ngga, pastdan yuqoriga diagonal bo‘ylab 
ketgan yo‘llar bo‘ladi. Ba’zi hollarda bu yo‘llar o‘ngdan 
chapga ham bo‘lishi mumkin. Sarja o‘rilishli gazlamalar elas-
tik, mayin, lekin polotno to‘qilishli gazlamalarga qaraganda 
pishiqligi pastroq bo‘ladi. 
Polotno va sarja to‘qish namunalarini tayyorlash. Asbob 
18-rаsm. Pоlоtnо 
to‘qilgan gazlama 
bo‘lagi.


133
20-rasm. Polotno to‘qishni qog‘ozda amaliy bajarish.
a
b
d
va moslamalar: rangli qog‘oz, qaychi, 
yelim, cho‘tka, chizg‘ich, santimetr, albom, 
ish qutichasi.
Ikki xil qog‘ozdan polotno to‘qishni 
ko‘rsatish. Gazlama to‘qishda bo‘ylama 
qog‘oz – tanda va ko‘ndalang qo- 
g‘oz – arqoq hisoblanadi (19-rasm).
Polotnoni qog‘ozdan to‘qish, odatda, 
quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
1. O‘lchamlari 105x150 mm li oq qog‘oz olib, oralari uzu-
nasiga bir xil qilib chizg‘ichda chizib olinadi, so‘ngra to‘g‘ri 
qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo‘lsin). Shunda ular-
ning oralaridan to‘qib o‘tkaziladigan qog‘oz tasmalarning 
ikkala uchini ham oq qog‘ozning orqasiga keltirish mumkin 
(20-rasm, a).
2. Rangli qog‘ozdan tasmalar qirqiladi (20-rasm, b). Tasma-
ning eni oq qog‘ozdagi ikki kesik o‘rtasidagi masofaga 
teng bo‘ladi. Uzunligi esa oq qog‘ozning bo‘yi bilan baro-
bar bo‘lsin. Oq qog‘ozdagi kesiklar bo‘ylama (tanda), rangli 
qog‘ozli tasmalar esa ko‘ndalang (arqog‘i) bo‘ladi. 
3. Rangli tasmalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan 
o‘tkaziladi. Ularni navbatma-navbat, goh tanda ostidan, 
goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi. Har bir tasmaning uchi oq 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling