145
chiqiladi hamda o‘ngiga ag‘darish uchun 3–4 sm joy tikilmay
qoldiriladi. Qo‘l ishini bajarishda o‘rta barmoqqa angishvona
tutiladi.
2. Qoldirilgan qismidan o‘ngiga ag‘darilib, choklari to‘g‘ri-
lanadi va dazmollanadi.
3. Tayyorlangan gazlama teng uch bo‘lakka (7 x 10 sm)
bo‘linib pa
rallel chiziqlar o‘tkaziladi.
4. Gazlamani hamma chiziqlar ustidan qo‘lda ko‘klash
qavig‘ida tikib chiqiladi (25-rasm).
5. Ushlagichning
atrofini tekislab, dazmollanadi. Bir uchiga
ipdan ilgak chatiladi.
Gazlamalarni silliqlash, tikilgan
buyum choklarini tekislash
uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to‘g‘ri
foydalanilsa, ish sifatli chiqadi. Dazmol yengil, o‘rta, og‘ir
vaznli bo‘ladi. U 1 kg dan 10 kg gacha bo‘lib, 1–3 kg li
yengil, 4–8 kg gacha ustki kiyimlarni
dazmollashda ishlati-
ladi. Choklarni, kiyimlarni, gazlamani
teskari tomonidan daz-
mollash kerak.
Elektr dazmoldan foydalanganda texnika xavfsizligi
qoidalari:
1. Dazmolni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin shnur izo-
latsiyasi
tekshirilishi, ulashda va uzishda qo‘l quruq bo‘lishi
kerak.
2. Elektr dazmol qiziganini barmoq tegizib tekshirmaslik
kerak.
25-rasm. Ushlagich tayyorlash.
10 – Mehnat ta’limi, 5-sinf
146
3. Elektr dazmol qizib ketishiga,
simining aylanib ketishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
4. Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
5. Dazmol bilan ishlayotganda oyoq tagida rezina to‘shama
bo‘lishi lozim.
6. Ish tugagandan keyin dazmol shnurini elektrdan uzib
qo‘yish lozim.
7. Dazmolning elektr quvvatiga ulaydigan simlari nosoz
bo‘lsa, usta chaqirib sozlatiladi.
8. Dazmolni tik holda qo‘yish
yoki maxsus taglik ustiga
qo‘yish lozim.
9. Dazmolni aslo yoqilgan holda qoldirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: