Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 128.5 Kb.
|
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Sinf rahbarlariga qoʻyiladigan talablar ularning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil “___”- iyundagi ____-son buyrugʻiga 2-ilova Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim YO‘RIQNOMASI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur yo‘riqnoma umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda sinf rahbarlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda ish faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Sinf rahbarlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyruqlariga, mazkur yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi. 2-bob. Sinf rahbarlariga qoʻyiladigan talablar ularning asosiy vazifalari va funksiyalari 3. Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi: - kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan; - maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan; - boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega boʻlgan; - oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan; - umumtaʼlim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi; - boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi. 4. Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: taʼlim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida oʻziga biriktirilgan sinfdagi oʻquvchilarning (keyingi oʻrinlarda sinf oʻquvchilari deb yuritiladi) amalda belgilangan taʼlim va tarbiya olishlarini tashkil etish; odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish, jamoada namunali boʻlish; oʻquvchilarning oʻsib-ulgʻayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilish, yordamga muhtoj oʻquvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy gʻurur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, masʼuliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uygʻotish; sinf oʻquvchilarining maʼnaviy va maʼrifiy tarbiyasini tashkil etishda oʻqituvchilar, psixolog, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi), taʼlim muassasasi rahbariyati orqali Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash; voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻtkaziladigan “Oʻquvchi”, “Davomat” kabi profilaktik reydlarda hamkorlik qilish. Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. 5. Sinf rahbarlari oʻzlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: har tomonlama yetuk, barkamol – maʼnaviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf oʻquvchilarining qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish; pedagogik va oʻquvchilar jamoa hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yoʻlga qoʻyish; ertalabki saflanishlarda sinf oʻquvchilarining belgilangan tartibda toʻliq ishtirok etishlarini taʼminlash; biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash; sinf rahbarlari oʻz faoliyatini oʻquvchilarning yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. Jumladan: Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling