Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar


a) Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida


Download 128.5 Kb.
bet2/6
Sana20.09.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1682276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)

a) Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:
oʻquvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
oʻquvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuygʻularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va maʼrifat maskanlari bilan ularni tanishtirib borish;
sinfda oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tadbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
oʻquvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda oʻz oʻrnini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur koʻnikmalarni rivojlantirish;
oʻquvchilarni oʻzbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash;
b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yoʻnalishida:
barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tadbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini oʻtkazib borish;
oʻquvchilarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;
oʻquvchilar kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va tahlil qilish, oʻquv qurollarining mavjudligi va toʻgʻri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish;
oʻquvchilarning turli salbiy diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targʻibot ishlarini olib borish;
ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish, oʻtkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish, natijalari boʻyicha direktor huzuridagi yigʻilishlarga maʼlumot kiritib borish;
oʻquvchilarni ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling