Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
d) pedagogik jamoa bilan birgalikda
Download 128.5 Kb.
|
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)
d) pedagogik jamoa bilan birgalikda:
sinf oʻquvchilarning taʼlim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib va odob axloq qoidalarini bajarishlarini taʼminlash; kundalik.com elektron platformasi va boshqa hujjatlarning toʻgʻri yuritilishini taʼminlash; oʻquvchilar oʻzlashtirishini yuqori darajaga koʻtarish, tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida sinf majlislarini oʻtkazib borish; oʻqishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol oʻquvchilarni taqdirlash, ularning ota-onasiga tashakkurnoma, minnatdorchilik xatlari yuborish boʻyicha taklif berish; sogʻlom turmush tarzi, oilaviy hayot gigiyenasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga eʼtibor berish; oʻquvchilarning past oʻzlashtirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish boʻyicha tegishli fan oʻqituvchilari, maktab psixologi bilan birgalikda yordam berish; taʼlim muassasasi tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilari, psixolog va ota-onalar bilan hamkorlikda oʻquvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, maʼnaviy-maʼrifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishini nazorat qilish; oʻquvchilarning taʼlim muassasasida texnika xavfsizligi, ularni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyoriy talablariga rioya qilishini taʼminlash; kasbiy malakasini oshirib borish, yoʻnalishi boʻyicha turli seminarlarda ishtirok etish; Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 6. Sinf rahbarlari zimmasiga mazkur nizom va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash, ularni ish vaqtidan tashqari, faoliyatiga oid boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi. 7. Taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi paytdagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi. Bunday holatlarda sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi. Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling