Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari


Download 128.5 Kb.
bet5/6
Sana20.09.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1682276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)

3-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari

8. Sinf rahbarlari ushbu nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:


sinf oʻquvchilarining dars mashgʻulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;
boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar uchun qoʻshimcha darslar tashkil etish boʻyicha taʼlim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
oʻquvchilar tarbiyasiga oid ilgʻor ish tajribalarini amalga oshirish boʻyicha taʼlim muassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yigʻilish kun tartibini belgilash va sinf yigʻilishlarini uyushtirish;
oʻqishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol oʻquvchilarni taqdirlashga tavsiya etish;
sinf soatlarini rejalashtirishda oʻquvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan mavzularga oʻzgartirishlar kiritish;
sinf soatlari mavzularining taʼsirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;
oʻquvchilarning ota-onalari bilan taʼlim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish;
oʻquvchilar xulqini baholash;
hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga eʼtiborsiz ota-onalar boʻyicha maktab kuzatuv kengashiga, “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi” Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari oʻz vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
sinf oʻquvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan oʻquvchilarning ota-onalari bilan (telefon orqali) bogʻlanib, darsga kelmaganlik sabablarini oʻrganish, natijalari boʻyicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” hamda “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” mazmun-mohiyatini va talablarini sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;
o‘quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o‘zgarishlar aniqlasa, ularning ota-onalariga xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari boʻyicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga koʻra, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati, majburiyati va javobgarligi toʻgʻrisida oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
pedagogik jamoa, oʻquvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala boʻlish;
oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.



Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling