Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar


v) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida


Download 128.5 Kb.
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1682276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)

v) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida:
oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan toʻgaraklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va oʻlkashunoslik yoʻnalishidagi toʻgaraklarga, klublarga jalb qilish;
qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
milliy madaniyatning asosi boʻlgan musiqa va qoʻshiq, kino, adabiyot, xalq ogʻzaki ijodi, teatr, naqqoshlik va meʼmorchilik kabi xalq amaliy sanʼati turlari vositasida oʻquvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikda jalb etish;
oʻquvchilarni yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish;
turli (bayramlar, koʻrik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda sinf oʻquvchilarining faol ishtirokini taʼminlash;
g) oʻquvchilarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
sinf jamoasi bilan birgalikda sinf sardorlarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, oʻquvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;
o‘quvchilarni tabiatga muhabbat, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va asrab-avaylashga hamda tozalikka o‘rgatish, ekologik savodxonligini oshirish, ularda mehnatsevarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sinf jamoasi bilan kelishgan holda “Sinf xonasi navbatchilari” reja-grafigini tuzib olish;
sinf oʻquvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama oʻrganish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash;
har bir oʻquvchining oʻzi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish va uning bajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;
oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda roʻy berayotgan oʻzgarishlar haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling