Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish tartibi


Download 128.5 Kb.
bet6/6
Sana20.09.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1682276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ilova Синф рахбари низоми lotinda 20 07 2020 (2)

4-bob. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish tartibi

10. Sinf rahbarlari taʼlim muassasasi direktori tomonidan mazkur nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga javob beradigan oʻqituvchilar tarkibidan tayinlanadi va ozod etiladi. 


11. Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.
12. Sinf rahbarlari faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
13. Sinf rahbarlari tomonidan o‘tiladigan “Sinf soati”ning yillik taqvim mavzular rejasi taʼlim muassasasining umumiy rejasi asosida ishlab chiqiladi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
14. Sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va oʻtkazishga yordam berish, ularning samaradorligini oshirish, ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga barcha sinf rahbarlari aʼzo hisoblanadi.
15. Sinf rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
- sinf rahbari daftari;
- maktabning ichki roʻyxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi ogʻir va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yigʻma jildi.
16. Sinf rahbarlari oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradi.


5-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Taʼlim muassasasi maʼmuriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbu nizomda belgilangan vazifalar doirasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.


18. Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling