Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena
ISHLAB CHIQARISHDA JAROHATLANISHNI OLDINI OLISH VA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
Download 466.5 Kb.
|
Restoranda sanitariya va gigiyena
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi tibbiy yordam lo’rsatish usullari Tayanch iboralar
ISHLAB CHIQARISHDA JAROHATLANISHNI OLDINI OLISH VA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
Reja: Ishlab chiqarishda jarohatlanishning asosiy sabablari Ishlab chiqarishda jarohatlanishni oldini olish choralari Birinchi tibbiy yordam lo’rsatish usullari Tayanch iboralar: Jarohatlanish,mexanik ta’sir, issiqlik ta’siri, texnika xavfsizligi, yo’qiq nomi, sanitariya posti, aptechka, shina,qon to’xtatuvchi jgut, navshadil spirti, kopilyarlar, shox tomir,tok urish,sun’iy nafas oldirish, Sheffer usulida sun’iy nafas oldirish, Govard usulida sun’iy nafas oldirish,kuyish. Ishlab chiqarishda jarohatlanish degani — inson organizmi to'qimalarining ishlab chiqarish sharoitida mexanik yoki issiqlik ta'sirida jarohatlanishidir. Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishlab chiqarishda jarohatlanishning asosiy sabablari quyidagilardir: jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga va talablariga amal qilmaslik, ishni noto'g'ri tashkil etish, ishchining betobligi va juda toliqqanligi. Ishlab chiqarishda jarohatlanishni oldini olish uchun quyidagi-larni amalga oshirish zarur: Barcha ishchi xizmatchilarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan atroflicha tanishtirish. joylarida ogohlantiruvchi yozuvlarni, yo'riq- nomalarni, rasmlarni osib qo'yish. Jihozlarni joylashtirishni sanitariya talablariga amal qilish va ularga erkin ,bemalol yaqinlashish imkoniyatini yaratish. Jihozlardan foydalanish qoidalariga qat'iy amal qilish. 5. Ishlab chiqarish binolarini bo'sh taralar, keraksiz va foydalanilmaydigan jihozlar bilan band bo'lishiga yo'l qo'ymaslik. Poyafzal va kiyimlarni kiyish santariya qoidalariga amal qilish. Sex pollarini o'z vaqtida va toza qilib yuvish. Ovqat qaynayotgan qozonning qopqog'ini ochishda, ular ni siljitishda, issiq gaz padnislarini olishda o'tkir uchli va tig'li kesuvchi asboblarni ishlatishda qonun-qoidalariga amal qilish. Ishchi xizmatchilardan birortasi jarohat olgan bo'lsa ko'ngilsiz oqibatlarni oldini olish uchun darhol birinchi tibbiy yordam ko'rsatish zarur. Buning uchun ishlab chiqarish korxonalarida maxsus o'qitilgan xodimlardan iborat bo'lgan sanitariya postlari tashkil etiladi va zarur dori-darmonlari bo'lgan aptechka bilan ta'minlangan bo'ladi. Aptechkalarda shaxsiy bog'lash paketlari, suyaklar sin^anda foydalaniladigan shinalar, qon to'xtatuvchi jgutlar, 5% li yod eritmasi, navshadil spirti kabi vositalar bo'lishi kerak. Bundan tashqari shaxsiy bog'lash jamlamasi tarkibida sterillangan bint, 2 ta paxta o'rami va dokadan tayyorlangan yostiqcha bo'lib, ulardan biri bintning bir uchiga mahkamlangan bo'ladi. Ularni barchasi germetik zich qilib o'ralgan bo'lishi kerak. Zararat tug'ilganda paket yirtilib, uning ichidagilar olinib, o'ng qo'l bilan bintni ushlab, chap qo'l bilan uning uchini yaraga bosib, uni o'rab qo'yiladi. Ishlab chiqarishda olingan jarohatlarda 3-turdagi qon yo'qotish kuzatiladi, ya'ni kapillyarlardan, venalardan, shox tomirlardan. Kapillyarlardan oqqan qonni to'xtatish uchun yara yod eritmasi bilan artib zararsizlantirilgach, toza doka bilan bog'lab qo'yiladi. Vena tomiridan oqqan qonni to'xtatish uchun esa tomirni bosib turuvchi bog' qo'yiladi. Shox tomirlardan oqqan qon xavfli bo'lib fawora singari otilib chiqadi va uning rangi anor guli rangida bo'ladi. Uni to'xtatish uchun zararlangan a'zoni ehtiyotkorlik bilan ko'tarib, jarohatning sal yuqorisidan rezina yoki matoli jgut qo'yib va unga bog'langan vaqt yozilgan qog'oz qistirib qo'yiladi. Birinchi yordam ko'rsatilgach uni kasalxonaga jo'natiladi. Ток urgan kishiga dastawal nafas oldirish choralari ko'riladi. Buning uchun tok urgan kishini belbog'i, qayishi, yoqasining tugmalari yechiladi. Sun'iy nafas oldirishning bir necha usullari yordamida nafas oldiriladi. Tok urgan kishini og'zi orqali nafas oldirish uchun yordam berayotgan kishi uning og'zini so'lakdan tozalab, og'ziga toza ro'molcha qo'yib so'ngra puflaydi. Sheffer usulida sun'iy nafas oldirish uchun esa tok urgan kishi qorni bilan yotqizilib, yordam ko'rsatuvchi esa qo'li bilan uning ko'krak qafasi oxirini bosadi. Bunda havo majburan chiqariladi, havo olish esa erkin bo'ladi. Govard usulida sun'iy nafas oldirish uchun tok urgan kishi orqasi bilan yotqizilib uning ko'krak qafasi uzluksiz bosib havo chiqariladi, nafas olish erkin bo'ladi. Suniy nafas oldirishning ahamiyati juda katta bo'lib, uni im-koni boricha ertaroq boshlab, me'yorli nafas olish ritmiga binoan har daqiqada 16—18 marta bajarish kerak. Kuyish — to'qimalarning yuqori harorat ta'sirida zararlani-shidir. Bu umumiy ovqatlanish korxonalarida ko'p kuzatiladigan jarohatlanish turidir. Qaynoq suv, issiq predmet yoki bug' bilan organizmning kichikroq qismi kuysa uni sovuq suvda 5—10 daqiqa sovutib, unga yopishgan kiyimlarning parchasi ehtiyotkorlik bilan qaychi yordamida qirqib ajratib olinadi. Kuygan joy steril doka yoki oq mato bilan bog'lab qo'yiladi. Keng qamrovli kuyishda kuygan kishining kiyimlari darhol yechib olinib uni oq choyshabga o'rab kushetkaga yotqiziladi va issiq shirin choy berib tez yordam chaqirish kerak bo'ladi. Alangadan keng qamrovli kuyishda kuygan kishini olib chiqilgach, kiyimlardagi o'tni o'chirib, yirtib yechib olinadi, bemor oq choyshabga o'rab tez yordam chaqiriladi. Elektr toki urganda organizmni kuygan qismini steril bint yoki mato bilan bog'lanadi. Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling