Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena
Download 466.5 Kb.
|
Restoranda sanitariya va gigiyena
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIGIYENA VA SANITARIYA ASOSLARI. Xavfli ish Reja: 1. Ishlab chiqarish sanitariyasi. 2. Mehnat gigiyenasi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA SANITARIYA VA GIGIYENA Каsb-hunar kollejlari uchun o’quv qollanma Тошкент-2006 GIGIYENA VA SANITARIYA ASOSLARI. Xavfli ish Reja: 1. Ishlab chiqarish sanitariyasi. 2. Mehnat gigiyenasi. 3. Korxonada gigiyena va sanitariya. Tayanch iboralar: Gigiyena, restoran, oshxona, bar, bufet, kafeteriy, qandolatchi, ofisiant, mikroiqlim. Gigiyena- tashqi muhitning inson salomatligiga ta’sirini o’rganadi. Ovqatlanish gigiyenasi –aholini ratsional ovqatlanish sohasidagi gigiyena fanining eng muhim bo’limlaridan biridir. Bu fanningasosiy vazifasi ovqatlanishning ilmiy asoslangan me’yorini yaratib , ovqat mahsulotlariga pazandalik ishlovini berish usullarini , saqlash tashish va sotish tashish va sotish yollarini ishlab chiqishdir. Sanitariya- gigiyenik me’yor va qoidalarini amalga oshirishdir. Umumiy ovqatlanish korhonalarida taomlarni tayyorlash, saqlash, tashish, sotish va iste’molchilarga xizmat ko’rsatish jarayonlarining qat’iy sanitariya tartiblariga rioya qilishga qaratilgandir. Sanitariya gigiyenik talablarga rioya qilish aholiga ko’rsatiladigan hizmat ma’daniyatini o’stirish bilan birga yuqori sifatli mahsulot yaratish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish sanitariyasi - bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy? Gigiyenik va sanitarya-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir. Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog’lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir. Mehnat gigiyenasi- gigiyena fanining ajralmas qismi bo’lib, ish jarayonining ishlab chiqarish muhitining inson a’zolariga bo’lgan ta’sirini o’rganib va uni muhofaza qilishni ish unumdorligini oshirishga qaratilgan gigiyenik tadbirlarni va qoidalarni yaratadi. Umumiy ovqatlanish korxonalari—xomashyo mahsu-lotlaridan iste'mol ovqatlar, taomlar va chala tayyor mahsulotlar yetkazib beradigan obyektlardir. To'la sikldagi (restoranlar, oshxonalar) korxonalar xom-ashyodan tugallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi. Chala tayyor mahsulotlarni tayyorlov korxonalarida (fabrika-oshxona, chala tayyor mahsulot kombinatlarida) va o'zlarining ishlab chiqarish imkoniyati bo'lmagan korxonalarda (barlar, bufetlar, etish uchun tayyor kafeteriy, maktab oshxonalari, tez pishirish obyektlarida) oxiriga yetkazib tayyorlanadi. Oshpazlar, qandolatchilar va ofisiantlarning mehnati quvvatni sariflanisni bo’yicha 3-guruhga kiradi. Ularning mehnati tik holda , qol va oyoq mushaklarining zo’riqishi , noqulay mikroiqlim sharoiti (yuqori harorat, yuqori namlik va ifloslangan havo) da ishlashga, shuningdek mexanik jihozlar va issiqlik apparatlaridan foydalanishga asoslangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida mehnat jarayonining noto’g’ri tashkil qilinishi ishlovchilarning salomatligiga yomon yoki zararli ta’sir qilishi mumkin. Mehnat sharoitini sog’lomlashtirish uchun umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilarni amalga oshirish kerak: mehnat va dam olish tartibiga rioya qilish, ishlab chiqarish sexlaridagi mikroiqlimni yaxshilash, ish joylarini to’g’ri yoritish, ishlab chiqarishda qulay mayishiy sharoitlarni yaratish kabilar. Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling