Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena


Download 466.5 Kb.
bet8/27
Sana14.01.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1092539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Restoranda sanitariya va gigiyena

Savol va topshiriqlar:
1. Shaxsiy gigiyena qoidasi nimalardan iborat?
2. Qo’l , badan, og’iz bo’shlig’i tozaligiga erishish yo’llarini aytib
bering?
3. Ish kiyimi saqlanish qoidalari nimalardan iborat?
SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA
RIOYA QILISH NAZORATI.
Reja:

  1. Ish joyidagi qoidalar

  2. Tibbiy ko’rikdan o’tish

Tayanch iboralar:
Tibbiy ko’rik, bakteriya tashuvchanlik, sanepidnazorat, terapevt shifokor, dermatovenerolog, gonoreya, zahm, SPID kasalligi, rentgen, tibbiy daftarcha, bakterialogik tadqiqot.
Umumiy ovqatlanish sohasida shug’ullanadigan hamma fuqaro va yuridik shaxslar sanitariya qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining barcha xonalarida chekish taqiqlanadi. Shuningdek ishlab-chiqarish xonalarida ovqatlanishga ruhsat etilmaydi, chunki ish stollari ovqat qoldiqalaridan ifloslanishi mumkin. Ular maxsus ajratilgan xonalarda yoki oshxonada xodimlar uchun ajratilgan stolda ovqatlanishlari lozim.
Ish joyining ahvoli, shaxsiy gigiyena talablariga javob berishi, texnologik va sanitariya talablarini bajarish bo'yicha liar bir xodim o'z o'rni uchun mas'uldir.
Hamma xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishdan asosiy maqsad, ularning sog'lig'ini himoya qilish va umumiy ovqatlanish sohasida kasal odamlar bo'lmasligiga erishish, ommaviy infeksiyalar, ovqatdan zaharlanishning oldini olishdan iborat.
Umumiy ovqatlanish tashkilotlariga ishga kiradiganlarning hammasi tibbiy ko'rikdan o'tishi shart, chunki ular oziq-ovqat mahsulotlari, jihozlar, inventar, idish-tovoq, mahsulot solinadigan idishlar va hokazolar orasida bo'ladilar va bevosita, ular ishlaydilar. Tibbiy tekshiruv mahalliy tibbiyot muassasasi ajratgan maxsus shifoxonada yoki sanepidnazorat belgilagan jihozlangan umumiy ovqatlanish korxonasining binosida o'tkaziladi.
Korxonaga ishga qabul qilinadigan har bir ishchi ichki kasalliklar vrachi ko'rigidan (bakteriya tashuvchanlikka, gijja qurtlari bilan zararlanmaslikka, o'pka sili, jinsiy kasalliklar, (teri, venerolog ko'rigi, qon RV va maxsus mazok) va boshqalar bilan og'rimaganlikka tekshirishdan o'tka­ziladi. Barcha ishchi xizmatchilar yuqoridagi tekshirishlardan, flyurografiyadan bakteriya tashuvchanlikdan tashqari 3 oyda bir marta o'tkaziladi. Flyurografiya va bakteriya tashuvchanlikka bir yilda bir marta o'tkaziladi.
Har ikki yilda bir marta sanitariya minimumi bo'yicha gigiyenik tayyorgarlikdan o'tib, zachyot topshiradilar.
Har kuni ishdan oldin ovqat tarqatuvchi ishchilar angina bilan og'rimaganlikka, a'zolarning kesilgan, qavargan joylari yo'qligiga, kuymaganlikka, qo'l, oyoq, bo'yin va yuz terisida yiringli yaralar yo'qligiga ishonch hosil qilish uchun majburiy tekshirishlar o'tkazish shart.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida o'pka sili, dizenteriya, terlama, sariq kasalligi, siflis, gonoreya, terining yuqumli kasalliklari, (qichima, moxov, parsha), shuningdek oila a'zolari orasida yuqumli kasalliklar bilan og'rigan kishilar bor boiganda dezinfeksiya o'tkazilganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etmagan kishilami ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Lekin bir necha xil kasalliklar borki, ishlab turib davolanishga ishxona imkoniyat yaratib beradi. Bordiyu, bunday kishilar davolanishdan bosh tortsa, ishdan bo'shatiladi.
Yuqumli kasalliklarni tarqalishini olidini olish maqsadida barcha xodimlar zardoblar bilan emlanadi.
Bu o'tkazilgan tekshiruvlar, laboratoriya tahlil natijalari, profilaktika tadbirlarining hammasi — xodimning shaxsiy tibbiy daftarchasiga yoziladi. Shaxsiy tibbiy daftarcha har bir xodimda bo'lishi, unda ismi, familiyasi, lavozimi, ish joyi yozilishi lozim. Daftarchada rasm va idora muhri bo'ladi.
Ishchi xodimlarning shaxsiy tibbiy daftarida tibbiy bilimlarni oshirganligi, emlanganligi, sanitariya sohasidagi bilimlari bo'yicha sinovlardan o'tganliklari to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etiladi. Bu daftarchalar korxona rahbarida saqlanadi va navbatdagi ko'rikda o'tish muddati kelganda egalariga beriladi.
Korxona xodimlarining salomatligini nazorat qilish va korxo­na sanitariya postlari, SES vrachlari bilan shu sohaning sanitariya xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Sanitariya xodimlari to'g'risida aniq ma'lumotni qo'ldan (kaft, barmoq, tirnoq osti bo'shliqlaridan), sanitariya kiyimlari va ofi­siantlar, qandolatchilar hamda oshpazlarning sochiqlarini yuvib olingan namunalardan olish mumkin. Na'muna qo'lning ma'lum yuzasidan, sanitariya kiyimlaridan 0,1% li pepton yoki natriy xloridning suvli eritmasi bilan ho'llangan steril paxta tamponi bilan surib olinadi. Bakteriologik tadqiqot natijalari haqidagi ma'lumot umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariga beriladi. Ichak tayoqchasining topilishi qo'lni, sanitariya kiyimlarini inson axlati bilan ifloslanganligini bildiradi. Boshqa infeksiya qo'zg'atuv-chilarining aniqlanishi — ichak infeksiyalari va ovqatdan zahar-lanishni keltirib chiqaruvchilar bilan ifloslanganligini, xodim­larning shaxsiy gigiyenasi buzilganligini bildiradi va tegishli chora-tadbirlarni ko'rishni taqazo qiladi. Zarur bo'lganda muddatidan oldin bakteriya tashuvchanlikni aniqlash uchun tekshirishlar olib boriladi.

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling