Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Doktorant - OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki  doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;  Mustaqil izlanuvchi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 Doktorant - OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki 
doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs; 
Mustaqil izlanuvchi - OTM yoki ITMga mustaqil izla-
nuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs; 
Izlanuvchi - falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy 
darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan 
shaxs. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish qo

yila-
digan umumiy talablar va shakllarda amalga oshiriladi: 
tayanch doktorantura; 
doktorantura; 
mustaqil izlanuvchilik. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uch 
yilgacha davom etadi. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tashkil etish va 
faoliyat ko‘rsatishi uchun OTM va ITMlar doimiy faoliyat ko‘rsata-
digan muvofiqlashtiruvchi-kollegial organga (ilmiy kengash, ken-
gash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash 
va bopsha shakllarda) (keyingi o

rinlarda Kollegial organ deb ataladi) 
ega bo

lishi lozim. 
 
7. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
ta’lim tizimi 
Mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash 
va chuqurlashtirish, ularni zamon talablariga javob bera oladigan 
qilib qayta tayyorlash.
Mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
universitetlarida malaka oshirish institutlarida va professional qayta 
tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida amalga oshiria-
di. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga 
ega bo‘ladilar. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlashdagi ta’limning davlat 
standartlari. 


57 
Standartni joriy etishning zarurligi rahbar va pedagog kadr-
larning kasbiy salohiyatini oshirish, malaka oshirish tizimini xalqaro 
darajaga olib chiqish, o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualarni 
yangi mazmun bilan boyitish, o‘quv jarayonini demokratik va 
gumanistik tamoyillar asosida takomillashtirish zaruriyatlari bilan 
shartlanadi. 
Ushbu standart rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash tizimining maqsad hamda vazifalarini hisobga 
olgan, ta’lim oluvchilarning ehtiyojini qondirish va o‘quv-tarbiya 
jarayonini demokratlashtirishni ko‘zda tutgan holda yaratilgan. 
Mazkur standart rahbar va pedagog shaxsini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va vosita-
larini takomillashtirish maqsadini nazarda tutadi. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning 
mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni joriy etish quyi-
dagilarga yordam beradi: 
1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi muassasalarining 
turlari va ulardagi ta’lim shakllarining xilma-xilligi sharoitida 
ta’limiy makon yaxlitligini ta’minlashga; 
2. Ta’lim oluvchilarning o‘zlari ustida ishlashga va bilim 
hamda mahorat saviyalarini oshirishga bo‘lgan motivlarni (o‘quv 
materiallari tushunarliligini oshirish, o‘quv yuklamasini me’yor-
lashtirish, tinglovchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan 
natijaviy talablar va baholash mezonlarini anglash) shakllantirishga; 
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdagi ta’limning samara-
dorligini ta’lim oluvchilardagi bilim va kasbiy mahorat saviyasining 
natijaviy ko‘rsatkichlari orqali baholashga; 
4. Tinglovchilardagi boshlang‘ich bilim, ko‘nikma va malaka 
saviyasidan kelib chiqqan holda ta’limning differensiallashgan va 
individuallashgan shakllarini joriy etishga. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning maz-
muni hamda sifatiga qo‘yiladigan o‘quv rejalari va dasturlarini, 
shuningdek malaka oshirish ta’lim muassasalarining o‘quv jara-
yonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular 
faoliyatini attestatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladi-
gan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


58 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling