Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘quv yuklamasining hajmi 
Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shakllarining umumiy davom etish muddati, asosiy ishdan ajralgan 
holda o‘qitishda, kamida 144 soat etib belgilanadi. 
Malaka oshirishning bevosita shakllarining davriyligi rahbar va 
pedagog kadrlar uchun 3 yilda kamida bir marta etib belgilanadi. 
Kursning maqsadi va vazifalari, shuningdek tinglovchilarning 
malaka saviyalaridan kelib chiqib, qayta tayyorlash kurslarining 
davomiyligi 2 oy (288 soat)dan 4 oy(576 soat)gacha etib belgilanishi 
mumkin. Bajaradigan vazifalari va lavozim tavsiflaridan kelib chiqib 
ayrim lavozimlarga qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 4 
oydan ortiq etib belgilanishi ham mumkin. Malaka oshirish va qayta 
tayyorlashning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shakllari 
uchun 
o‘quv 
yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 (54 akademik) soatni,
auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 (36 
akademik) soatni tashkil qiladi. 
Rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash ta’limi mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan talablar 
majmuasi ta’lim oluvchilar (tinglovchilar) tayyorgarligining yetarli,
minimal zarur saviyasini belgilab beradi. Uning mazmuni ta’lim 
tizimiga "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, "Kadrlar Tayyorlash Milliy 
Dasturi", jamiyat va davlatning davr talabiga mos taraqqiyoti 
shakllantirayotgan ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi va malaka 
oshirish tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalari tomonidan 
kafolatlanadi. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga kiruvchi ta’lim
muassasalaridagi o‘quv-tarbiya ishlari malaka oshirish va qayta 
tayyorlash ta’limining namunaviy (tayanch) o‘quv rejalari va 
dasturlari asosida amalga oshiriladi. Mazkur talablar o‘quv fanlari 
(modullari) ro‘yxatini, malaka oshirish va qayta tayyorlash 


64 
ta’limining minimal mazmunini, na’munaviy (tayanch) o‘quv rejasi 
vositasida o‘qish davri davomiyligini belgilab beradi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling