Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash bo‘sh (yoki
yangi tayinlangan) lavozimni egallash va mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Tegishli lavozimga tayinlash uchun zaxiraga olingan yoki mazkur lavozimni egallaganiga 3 yildan oshmagan ta’limning rahbar va mutaxassis xodimlari qayta tayyorlov kurslariga majburiy tarzda jalb etiladilar. Xodimning lavozimga tayinlangan muddatidan kelib chiqib, qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 2 oydan 4 oygacha etib belgilanishi mumkin. Zaxiradagi va tayinlanganiga bir yildan oshmagan xodimlar uchun qayta tayyorlash kursining davomiyligi 4 oy (576 soat), tayinlanganiga 2 yildan oshmaganlar uchun – 3 oy (432 soat) va 3 yildan oshmaganlar uchun – 2 oyni (288 soatni) tashkil etadi. Bajaradigan vazifalari va lavozim tavsiflaridan kelib chiqib ayrim lavozimlarga qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 4 oydan ortiq etib belgilanishi ham mumkin. Rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar 62 Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati rahbar va pedagog kadrlar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi mazkur Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan na’munaviy (tayanch) o‘quv rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni na’munaviy (tayanch) o‘quv rejalar va dasturlar asosida ishlab chiqilgan maqsadli ishchi o‘quv rejalari va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi. Malaka oshirish kurslaridan o‘tishning davriyligi ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari uchun 3 yilda kamida bir martani, pedagog kadrlari uchun esa 4 yilda kamida bir martani tashkil qiladi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi. Quyidagilar malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi: – kasblar va lavozimlarga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqlik; – ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bilishga qaratilganlik; – qayta tayyorlash va malaka oshirishga jamiyat buyurtmasi va shaxs ehtiyojining uyg‘unligi; – ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat talablari (davlat ta’lim standartlari)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilganlik; – tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqur- lashtirishga qaratilganlik; – yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish va takomillashtirishga qaratilganlik; – ta’lim-tarbiyaning samarali usullari, texnologiyalarini egallash, takomillashtirishga qaratilganlik; – zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish; 63 – davlat talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi. Malaka oshirish (qayta tayyorlash) bo‘yicha ta’lim dasturlari tegishli bazaviy maqsadlar va malakaviy (bitiruv) ishlar mazmuni bilan tugallanadi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling