Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yi-
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish)
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ya’ni bevosita malaka oshirish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yi-
cha o‘qitish): - malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muas- sasasida (akademiya, institut, markaz, kurslarda) o‘qitish; - stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv organlarida, horijda) tajriba orttirish; - mustaqil o‘qib bilim orttirish; - masofadan malaka oshirish; - innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiya- larini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish. Bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish): – ilmiy (ilmiy-pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy ta’til (pedagoglar uchun); – ochiq o‘quv mashg‘ulotlari (pedagoglar uchun); – ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferen- siyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ya’ni bevosita malaka oshirish belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish orqali xodimlarning ta’lim muassasalarida egallab turgan lavozimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Malaka oshirish xodimlarni egallab turgan lavozimi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilash, zamonaviy ta’limning dolzarb muam- molari, ta’limni tashkil etishning yangi tamoyillari, rahbarlikning zamonaviy uslublari va ta’limning yangi texnologiyalari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassa- sasida (akademiya, institut, markaz, kurslarda) o‘qitish – buyurt- machilarning yakka tartibdagi topshiriqlari yoki aniq yo‘naltirilgan dasturlari asosida, Davlat talablariga, shuningdek ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish. Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassa- sasida o‘qitish 2+2 yoki 3+1 sxemalari bo‘yicha (tegishli ravishda 50 yoki 75% - yashash joyi bo‘yicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25% - bevosita ta’lim muassasasida) o‘qitish shakllarida ham tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning bunday shakllari axborot 59 uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus virtual kurslar ya’ni masofaviy ta’limni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv organlarida, xorijda) tajriba orttirish rahbar va mutaxassis kadrlarni ta’lim va uni boshqarish sohasidagi fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish, rahbarlik salohiyatini oshirish, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash maqsadida tuzilgan kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Stajirovka xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi. Stajirovka tamom bo‘lgandan keyin xodim- larga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi. Ta’lim muassasasida (oliy ta’lim muassasasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalari, Respublika ta’lim markazi, pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va hokazolarda) tajriba orttirish rahbar va pedagog kadrlarni boshqaruv va ta’limning zamo- naviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari, ta’limiy innovatsiyalarni joriy etishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadlarini ko‘zlaydi. U ta’limning barcha darajalari rahbar va pedagog xodimlari uchun foydalidir. Ta’limni boshqaruv organlarida tajriba orttirish rahbarlarning amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi hamda turli darajadagi rahbar kadrlar malakasini oshirishning samarali shakllaridan hisoblanadi. Ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining xorijda tajriba orttirishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’dod" jamg‘armasi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek ta’limni boshqarish organlari bilan ta’lim muassasalarining o‘zlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 60 Mustaqil ravishda bilim olish ta’limning rahbar va pedagog xodimlari tomonidan kasb darajasini oshirishga, kasbiy layoqatini va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zining lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Mustaqil ravishda bilim olish ta’lim muassasalari (rahbar va pedagog) xodimlari uzluksiz ta’limining ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallanishini rag‘batlantiradi. Mustaqil ta’lim, o‘rnatilgan tartibda, malaka oshirishning tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida xodimga mazkur ta’lim muassasasi tomonidan malaka oshirganlik haqida sertifikat beriladi. Masofadan malaka oshirish ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan va axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslan- gan malaka oshirishning bevosita shakllaridan biri hisoblanadi. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim malaka oshirish ta’lim muassasasining tegishli o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malaka oshirish ta’limi boshqa shaklining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim kursining davomiyligi kunduzgi o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi masofaviy ta’limni amalga oshirayotgan malaka oshirish ta’lim muassasasi tomonidan nazorat qilinadi hamda masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Malaka oshirish ta’limi dasturlari asosida tashkil etilgan innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish ham ta’limning rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishning bevosita shakllariga kiradi. Ushbu kurslar majburiy bo‘lmagani holda ta’lim xodimlarining kasbiy o‘sishiga ko‘maklashadi. Mazkur kurslarning o‘quv dasturlari malaka oshirish ta’limi o‘quv dasturlarining muayyan qismini (fan bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va malaka oshirish ta’limi muassasasi tomonidan (yoki u bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan bo‘lsa 61 kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda ko‘rsatilgan o‘qish soatlari hajmi navbatdagi malaka oshirish bo‘yicha zarur soatlarning jami hajmi kiradi (hisobga olinadi). Ta’limning rahbar hamda pedagog kadrlari malakasini orttirish (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish)ning bilvosita turi ilmiy (ilmiy- pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy ta’tilda bo‘lish, ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish ishlarini nazarda tutadi. Malaka oshirishning bilvosita turi xodimlar tomonidan tegishli izlanish va tadqiqotlar olib borish, natijalarni chop etish uchun tayyorlashni taqozo qiladi, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratish bilan birga ularning kasbiy salohiyati darajasining o‘sishiga ko‘maklashadi. Malaka oshirish ta’limining bilvosita turi bo‘yicha muvafaqqiyatli shug‘ullangan shaxslar malaka oshirishning musta- qil yoki masofaviy shakllariga imtiyozli ravishda qabul qilinadilar. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling