Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimini boshqarish
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 yillik majburiy о‘rta ta’limda tizimida inklyuzivlik
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimini boshqarish
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimini samarali boshqarish va sifatini ta’minlash uchun maktab, mahalliy hamjamiyat, ijtimoiy 51 sheriklar va davlat boshqaruv organlarining vazifalari aniq taqsim- lanadi. Ta’lim sifati, о‘z-о‘zini baholash muntazamligini ta’minlash maktabni boshqarishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yangi sharoitlardagi ta’lim sifatida о‘quvchilar tomonidan erishilgan turli faoliyat sohalaridagi muammolarni mustaqil hal qilish imko- niyatini ta’minlovchi ta’limiy va shaxsiy natijalar tushuniladi. 11 yillik majburiy о‘rta ta’limdan kutilayotgan natija davlat tomonidan qо‘yilgan ijtimoiy buyurtmaga mos bо‘lishi ta’min- lanadi. Ta’lim sifatining muntazam ortishini ta’minlash uchun: - boshqaruv, rahbarlik, hisobot va tegishli hujjatlarni ishlab chiqish tizimini takomillashtirish; - ta’lim sifati, maktab faoliyatining tashxis va monitoring tizimini rivojlantirish; - kompetentli yondashuvga asoslangan о‘qitish tizimini keng tatbiq etish; - turlicha rivojlanish darajasi va alohida ehtiyojga ega bо‘lgan о‘quvchilarning huquqlarini ta’minlash maqsadida ular rivojlanishi uchun zarur ta’lim muhitini yaratish; - kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim sifatini baholash- ning yangi tizimini joriy etish choralarini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining har bir subyektini о‘zini-о‘zi rivojlantirish tizimiga о‘tishiga olib keluvchi ilg‘or texnologiyalarni qо‘llanilishiga erishish nazarda tutiladi. 11 yillik majburiy о‘rta ta’limda tizimida inklyuzivlik 11 yillik majburiy о‘rta ta’limda imkoniyati cheklangan о‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi. Ular: − о‘quvchilarning alohida ehtiyojlarini qondirish uchun inklyuziv ta’lim muhiti yaratiladi; − 11 yillik majburiy о‘rta ta’limning barcha bosqichlarida inklyuziv ta’limni amalga oshirishning meyoriy-huquqiy bazasi takomillashtiriladi; − 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim muassasalari uchun peda- goglarni tayyorlash, malaka oshirish kurslari dasturiga inklyuziv ta’lim muammolari singdiriladi; 52 − maktab rahbarlari va pedagoglarning malakasini oshirish dasturlariga inklyuziv о‘quv muhitida ishlash bilan bog‘liq alohida mavzular kiritiladi. Milliy va xalqaro, shuningdek, jamoat tashkilotlarining tajribalarini hisobga olgan holda 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun inklyuziv ta’lim bо‘yicha ilmiy-uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish va imkoniyati cheklangan о‘quvchilarning ota-onalarini tavsiyalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojga ega bо‘lgan о‘quvchilar bilan ish olib boradigan pedagoglarni uslubiy qо‘llab- quvvatlash uchun xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish muassasalari bazasida zarur sharoitlar yaratiladi. Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rga- nishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilib, asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling