Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimida faoliyat kо‘rsata-


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimida faoliyat kо‘rsata-
digan pedagog kadrlarga qо‘yiladigan talablar 
Zamonaviy kasbiy pedagogik faoliyat о‘qituvchidan о‘quvchi 
shaxsini rivojlantirishga yо‘naltirilgan pedagogik qadriyatlarni 
о‘zlashtirishni talab qilmoqda. О‘qituvchilar murakkab ijtimoiy 
madaniy vaziyatlarda tо‘g‘ri harakat qila olishlari, muhim kasbiy 
qarorlar qabul qilishlari, nafaqat innovatsion, balki ijodiy jara-
yonlarda ham faollik kо‘rsatishlari lozim.
11 yillik majburiy о‘rta ta’limga о‘tish jarayonida о‘qituvchilar 
faoliyatini muvofiqlashttirish maqsadida bir qator talablar qо‘yiladi: 
- о‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish; 


48 
- ta’lim jarayonini о‘qituvchi shaxsiga yо‘naltirish; 
- о‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi va mustaqil bilim olishini 
ta’minlash; 
- о‘qituvchining umumiy va kasbiy mustaqilligini ta’minlash; 
- kasbiy shakllanishning turli bosqichlarini muvofiqlashtirish; 
- kasbiy tayyorgarlikdan kasbiy qayta tayyorlashga qadar 
hamda malaka oshirish tizimi orasidagi о‘zaro aloqadorlikning 
zarurligi kabilar. 
О‘qituvchilarning kasbiy moyilliklarini rag‘batlantirish, ularni 
safarbarlikka undash, raqbatbardoshligini ta’minlashga erishish 
zarur. Bu X-XI sinflarda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash 
uchun nihoyatda muhim. Shu munosabat bilan oliy pedagogik 
ta’lim hamda о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning mala-
kasini oshirish tizimi mazmuni va tarkibiga ham muayyan о‘zgar-
tirishlar kiritiladi. X-XI sinflarda ta’lim beradigan о‘qituvchilarni 
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun qо‘shimcha 
mutaxassisliklar va kurslar kiritiladi. Shu bilan bir qatorda, ta’lim 
tizimini boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash ehtiyoji 
qondiriladi. Buning uchun о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimi mazmunini ham tubdan 
yangilash amalga oshiriladi. Mazkur tizim tom ma’nodagi uzluksiz 
pedagogik ta’limning muhim komponenti sifatida namoyon 
bо‘lishi lozim. Ushbu tizimning rivojlanish tendensiyalaridan biri 
uning yuqori darajadagi yaxlitlik sari harakatlanishidadir. Shun-
dagina maktab, oliy pedagogik ta’lim muassasalari hamda 
о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimi orasidagi uzviylik tom ma’noda ta’minlanadi.
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimiga о‘tish pedagog kadrlarni 
kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishni taqozo qiladi. 
Mazkur muammoning metodologik yechimlaridan biri kom-
petensiyaviy yondashuv bо‘lib, unga kо‘ra kasbiy tayyorlashning 
maqsadi maktab rahbari, о‘qituvchisi va psixologning kasbiy-
shaxsiy kompetentliligini shakllantirishdan iborat.
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maktabi о‘qituvchisi yuqori 
darajada shakllangan quyidagi kompetensiyalarga ega bо‘lishi 
lozim:


49 
Mutaxassislik kompetensiyasi – yuqori saviyadagi kasbiy 
faoliyat bilan shug‘ullanish va о‘zining kasbiy rivojlanishini 
loyihalashtirish qobiliyati; 
Ijtimoiy kompetentlik – birgalikdagi (jamoaviy, guruhlardagi) 
kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish, hamkorlik qilish va boshqa-
ruvchilik mavqeiga mansub kasbiy muloqot usullarini qо‘llash 
qobiliyati; 
Ta’limiy kompetentlik – kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni 
о‘zlashtirishga qiziqish, ta’lim faoliyati maqsadini qо‘ya olish, 
ta’lim faoliyatidagi yaratuvchanlikni rivojlantirishga intilish, 
pedagogik va ijtimoiy psixologiyaning asoslarini qо‘llay olish 
qobiliyati. 
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maktablarida psixologning 
о‘quvchilar shakllanishining turli yosh davrlari meyorlariga mos 
korreksion-rivojlantiruvchi va ma’rifiy ishlarga yо‘naltirilgan fao-
liyati alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda 
psixolog psixotashxis, maslahat berish, tuzatish va ma’rifat tarqa-
tishning barcha zarur uslublarini qо‘llagan holda X-XI sinf о‘quv-
chilarini ijtimoiylashtirishga yо‘naltirilgan faoliyatni amalga 
oshiradi.
11 yillik majburiy о‘rta ta’limga о‘tishda ta’limning yangi 
mazmunini joriy etish sharoitida pedagoglarning tezkor tayyor-
garligini amalga oshirish xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish muassasalari faoliyatining ustuvor 
yо‘nalishi hisoblanadi. 
Pedagoglarning talab va ehtiyojlarini hisobga olib, ting-
lovchilar e’tiboriga turli mavzulardagi kurslar taqdim etiladi. Shu 
jumladan:
− 
V-IX sinf fan о‘qituvchilari uchun “О‘qituvchining kasbiy-
shaxsiy tayyorgarligi”; 
− 
X-XI sinf fan о‘qituvchilari uchun “Kasbiy mahorat”;
− 
“11 yillik majburiy о‘rta ta’limga о‘tish sharoitida ta’lim 
siyosatini boshqarish”; 
− 
Respublika ta’lim muassasalari rahbarlari uchun “11 yillik 
majburiy о‘rta ta’limga о‘tishning ilmiy-uslubiy asoslari”. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling