Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 yillik majburiy о‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

11 yillik majburiy о‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi tayanch 
umumiy о‘rta ta’lim bо‘lib, V-IX sinflarni qamrab oladi. Ta’lim-
ning davomiyligi 5 yilni tashkil qiladi. Bu bosqich о‘quvchilarning 
о‘smirlik davriga tо‘g‘ri kelib, ularning jadal rivojlanishi, axloqiy 
meyorlarni egallashi amalga oshadi. О‘smir yoshdagi о‘quvchilar 
о‘z oldilariga shaxsiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsadlar qо‘ya-
dilar, ularda kasbiy mо‘ljallar hosil bо‘ladi. Bu, о‘z navbatida, 
о‘quvchilarni kasbiy faoliyatning turli turlariga yо‘naltiradi. Shu 
bilan bir qatorda ularda о‘zlik, о‘zlikni anglash hissi tarkib topa 
boshlaydi. Mazkur tuyg‘u ularga о‘z mavqelarini aniqlash imkonini 
beradi. Bu bosqichda V-IX sinf о‘quvchilarida tabiat, jamiyat, 
insonga oid bilimlarni о‘zlashtirish, amaliy, bilish hamda ma’naviy 
faoliyat tajribasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. 
Bu davrda о‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga alohida e’tibor 
qaratiladi. Ularda huquqiy bilimdonlik va mas’uliyat hissi tarkib 
toptiriladi. Shuningdek, о‘quv faoliyati shakllarining о‘zlashtiri-
lishi bilan bir qatorda о‘z faoliyatlarini tashkil qilish mexanizmlari, 
nazariy fikrlash usullari, ilmiy bilish metodlari, kasbiy bilish hamda 
kasbiy mо‘ljallar, faoliyatning turli turlariga nisbatan dastlabki 
yо‘nalishlar hosil bо‘ladi. Bu bosqichda ta’lim mazmunini nisbatan 
yakunlangan о‘quv bloklari tashkil etadi. Mazkur о‘quv bloklari X-
XI sinflarda ta’limni davom ettirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu bosqichda о‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga 
tayyorlash va muayyan sohani tanlashlari uchun sharoit yaratiladi. 
Bu esa ularning ijtimoiy jihatdan о‘z mavqelarini aniqlashlari va 
mustaqil bilim olishlarini ta’minlaydi. О‘quvchilarning shaxsiy 
imkoniyatlari va mayllarini hisobga olgan holda ta’lim muassasasi 
sohalar bо‘yicha ixtisoslashgan ta’limni joriy etishi mumkin. 15-16 
yoshli о‘quvchilar о‘z xohish-istaklariga kо‘ra ixtisoslashgan 
sinflarda о‘qishni tanlash imkoniyatiga ega bо‘ladilar.
V-IX sinflardagi ta’lim jarayonida о‘quvchilarda bilimlarning 
izchil tizimi, ilmiy axborotlarni taqdim etish orqali ularda ilmiy
falsafiy, huquqiy, siyosiy dunyoqarash, mustaqil hamda tanqidiy 


45 
fikrlash, tahliliy faoliyat tajribasi, kasbiy tafakkur, kasbiy tanlov 
kо‘nikmalari va eng zarur hayotiy kompetensiyalar hosil qilinadi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling