Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


yillik majburiy о‘rta ta’lim maktablarining tarkibi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maktablarining tarkibi 
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maktablari tarkibining asosini 
о‘quvchilarning rivojlanish darajalarini davrlashtirish tashkil 
qiladi. Bunda о‘quvchilarning turli yosh davrlariga xos bо‘lgan 
jihatlariga tayaniladi.
Ilk darajadagi tayyorlov guruhlari bolalarni ruhiy pedagogik 
jihatdan maktabdagi о‘quv jarayoniga tayyorlaydi. Ularda dastlabki 
о‘qish, hisoblash, о‘z fikrini bayon qilish, о‘quvchilarning jamoada 
о‘zini tutish kо‘nikmalari hosil qilinadi. 
11 yillik majburiy о‘rta ta’limning birinchi bosqichi bosh-
lang‘ich ta’lim hisoblanib, u I-IV sinflarni qamrab oladi. Bu 
bosqichga, asosan 7 yoshdan, jadal rivojlangan bolalar esa 6 yosh-
dan jalb qilinadi. Mazkur davrda о‘quvchilarda jadal rivojlanish 
jarayoni kechadi. Ularda о‘quv faoliyati usullari, bilimlarni mus-
taqil egallash layoqatlari va bilish vazifalarini bajarishda mazkur 
bilimlarni qо‘llash kо‘nikmalari shakllantiriladi. Natijada, ularda 
muloqot kо‘nikmalari rivojlanadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida 
о‘quvchilarda о‘quvchi shaxsining shakllanishi, layoqatlarining 
yaxlit tarzda rivojlanishi, о‘qishga bо‘lgan ishtiyoq, moyillik amalga 
oshadi. О‘quvchilar о‘qish, yozish, hisoblash, о‘zlarini ijodiy 
jihatdan namoyon qilish, nutq madaniyati, xulq-atvor meyorlari
gigiyenik talablarga rioya qilish kо‘nikmalarini egallaydilar. 
Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar) jarayonida о‘quvchilarni 
rivojlantiruvchi, shaxsga yо‘naltirilgan, kompetentsiyaviy yonda-
shuvga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi amal qiladi. Maktabga ilk 
qadam qо‘ygan bolalar о‘z yosh xususiyatlari hamda tafakkur va 
ruhiy taraqqiyot darajalariga muvofiq keladigan ta’limiy faoliyatga 
kirishadilar. Bu davrda о‘qish, о‘rganishga asoslangan faoliyat 
yetakchi mavqega ega bо‘ladi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida 
о‘qish hamda о‘rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishi, har 
bir о‘quv fani bо‘yicha bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi, 
tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur о‘z xarakteriga 


44 
kо‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni о‘zlashtirish natijasida 
vujudga kelgan ong va tafakkur bо‘lib, bolaning jadal tarzda 
taraqqiy etishi, dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling