11 yillik majburiy о‘rta ta’limning uchinchi bosqichi X-XI
sinflarni о‘z ichiga oladi va tо‘laqonli majburiy о‘rta ta’limni ifo-
dalaydi. Bu bosqichda ta’limning davomiyligi 2 yil. Ushbu davrda
16-18 yoshli о‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, madaniyat, fan va
texnologiyalarga oid bilimlarni о‘zlashtirish natijasida tо‘liq
dunyoqarash shakllanadi. О‘quvchilar о‘z kelajaklarini loyihalash-
tirish, о‘z maqsadlariga erishish yо‘llarini aniq tasavvur qilish
imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Bu davrda о‘quvchilarda ijtimoiy
hayotda о‘zlarini namoyon qilish ehtiyoji paydo bо‘ladi. Ular о‘z
о‘quv faoliyatlarini aniq baholash, istiqboldagi о‘quv hamda kasbiy
faoliyatlarini belgilab olish layoqatiga ega bо‘ladilar.
Ushbu bosqichda ta’lim mazmuni sohalar bо‘yicha tabaqalash-
tirilgan yondashuv asosida tanlanadi va kompetensiyaviy yon-
dashuvga tayanadi. Sohalar bо‘yicha tabaqalashtirilgan ta’lim
fanlar chuqurlashtirilib о‘qitiladigan ixtisoslashgan sinflar shaklida
amalga oshiriladi.
Fan sohalari bо‘yicha ixtisoslashgan sinflar о‘quvchilarning
bilish qiziqishlari va layoqatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Jumladan, tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinflar, iqtisodga ixtisos-
lashgan sinflar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan sinflar
kabi.
X-XI sinflarda amalga oshiriladigan fanlar bо‘yicha ixtisos-
lashtirilgan ta’lim mazmuni kompetensiyaviy yondashuvga asos-
langan Davlat ta’lim standartlari va variativ dasturlarda о‘z ifoda-
sini topadi.
11 yillik majburiy о‘rta ta’limning pedagogik funksiyalari
mavjud umumiy о‘rta ta’lim tizimidan yakunlanganligi, variativ-
likka asoslanishi, darajali hamda sohaviy jihatdan tabaqalash-
tirilganligi, muayyan mikrosotsium hududida amalga oshirilishi,
о‘quvchi shaxsining imkoniyatlariga yо‘naltirilganligi, ota-onalar
xohish-istagining hisobga olinganligi, о‘quvchilarni uzluksiz
rivojlantirishga yо‘naltirilganligi, milliy hududiy о‘ziga xoslikka
tayanilganligi bilan belgilanadi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |