Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Darsning birinchi bosqichi tashkiliy qism. Odatda, bu qismga
salomlashish, o‘quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorligini tekshirish, darsda yo‘q o‘quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e’lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir. Darsning ikkinchi bosqichi yozma uy vazifasini qo‘yilgan maqsaddan qat’iy nazar, turli metodlar bilan tekshirish. Darsning uchinchi bosqichi o‘quvchilarning bilimlarini og‘zaki tekshirish (yoki ulardan so‘rash). Darsning to‘rtinchi bosqichi o‘qituvchining bayon etishi asosida yoki o‘quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish. Darsning beshinchi bosqichi uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo‘lsa, uni bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o‘qituvchining o‘zi doskaga yozishi, o‘quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko‘chirishi kiradi. Darsning oltinchi bosqichi yangi materialni mustahkamlash, ya’ni dastlabki yoki yo‘lakay mazkur material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir. 133 Darsning yettinchi bosqichi uni tugallashdan iborat bo‘lib, bu ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat o‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha mustahkamlanadi. Muallif darsning ana shu yettita elementini nazarda tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi: Bilim va malakalarni shakllantirish darsining tuzilishi: − Darsning maqsadini qo‘yish; − Yangi materialni o‘zlashtirish uchun zarur o‘quvchilarning bilim va malakalarni takrorlash; − Tekshirish mashqlarini o‘tkazish; − Yangi bilimlar bilan tanishtirish, o‘zlashtirish namunasini ko‘rsatish; − Ularni o‘zlashtirishga qaratilgan mashqlarni bajarish; − Ularni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni berish; − Mashqlarni namuna asosida takrorlash; − Ijodiy xarakterdagi mashqlarni bajarish; − Darsni yakunlash; − Uyga topshiriq berish; Takrorlash darsining tuzilishi: − Darsning tashkiliy qismi; − Ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo‘yilishi (aniqlashtirilishi); − Uy vazifasini tekshirish, bilim, ko‘nikma faoliyati asoslarini tashkil etuvchi fikrlashga e'tibor qaratish (amaliy va nazariy tarzda). Avvalgi darsda kelgusi dars takrorlash darsi bo‘limini nazarda tutgan holda uyga vazifa berilishi kerak; Darsdagi takrorlashni umumlashtirish, o‘quv jarayoni natijalarini tekshirish, uyga vazifa berish. − Bilimlarni tekshirish darsining tuzilishi: − Darsning tashkiliy qismi. Mazkur holatda ishchan, sokin holatni bo‘lishi zarur. O‘quvchilar tekshiruv va nazorat ishidan qo‘rqmasliklari yoki o‘qituvchi ularning o‘zlashtirishlarini tekshi- rishi haqida ortiqcha hayajonlanmasliklari kerak; − Darsning maqsadini qo‘yilishi. O‘qituvchi o‘quvchilarga ularning qaysi dars materiallari yuzasidan bilimlari tekshirilishi va nazorat qilinishini e'lon qiladi. O‘quvchilarga tegishli qoidalarni 134 eslash va nazorat ishi jarayonida qo‘llash ta'kidlanadi. O‘quv- chilarga o‘z ishlarini o‘zlari tekshirib chiqishi zarurligi aytildi; − Tekshiruv yoki nazorat ishi mazmunining bayoni (masala, misollar, diktant, insho yoki savollarga javoblar o‘z tarkibi, qiyinlik darajasi bo‘yicha dasturga mos bo‘lishi va har bir o‘quvchining imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak); − Darsni yakunlovchi bosqichi. O‘qituvchi o‘quvchilarning eng yaxshi ishlarini rag‘batlantiradi, boshqa ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qiladi, xatolar ustida ishlashni tashkil qiladi (ba’zi hollarda bu ishlar kelgusi darsda olib boriladi).Tipik xatolarni, bilim, malakalarni egallashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, bilim va malakalarini takomillashtirish. Yangi bilimlarni, malakalarni egallovchi dars tuzilishi: − Darsning tashkiliy qismi (o‘quvchilarni psixologik yo‘naltirish) − Dars mavzusi va maqsadining bayoni − Malakalarni shakllantiruvchi yangi bilimlarni o‘rganish; − Qabul qilingan va o‘xshash vaziyatlar bo‘yicha dastlabki malakalarni egallash va mustahkamlash; − Bilim va malakalarni o‘zgartirilgan vaziyatlar misolida ko‘rib chiqish; − Bilim va malakalarni ijodiy qo‘llash; − Malakalarni egallash mashqlari; − Uy vazifa; − O‘quvchilar bajargan ishlarini baholash orqali darsni yakunlash.Takrorlash, umumlashtirish darsining tuzilishi: − Tashkiliy vaziyat; − O‘qituvchining kirish so‘zida takrorlash umumlashtirilishi rejalashtirilgan mavzu yoki mavzularning ahamiyati ta'kidlanadi, darsning maqsadi va rejasi e'lon qilinadi. O‘quvchilar tomonidan turli og‘zaki va yozma umumlashtiruvchi va tizimlovchi top- shiriqlari yakka va jamoa holatda bajaradilar, bunda malakalarni shakllantiruvchi, umumlashtiruvchi bilimlar, umumlashtiruvchi faktlar asosida olib boriladi; − Bajarilgan ishlarni tekshirish, korrektirovkalash (zarur holatlarda); 135 − O‘rganilgan material bo‘yicha xulosalash; − Darsning erishilgan natijalarini baholash; − Darsni yakunlash; − Uyga vazifa berish (doimiy). Aralashgan dars tuzilishi (bunday dars tuzilishi odatda o‘z oldiga bir nechta didaktik maqsadlarni qo‘yadi) − Darsning tashkiliy qismi; − Uy vazifani tekshirish, darsning maqsadini qo‘yilishi; − O‘quvchilarni yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash, bilimlarning dolzarbligi, amaliy va aqliy malakalarining egalla- nishi; − Yangi mavzuning bayoni, shu bilan birga tushuntirish; − Dars davomida o‘rganilgan yangi bilimni mustahkamlash, avval o‘rganilgan bilimlar bilan bog‘lash; − Yangi bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lagan holda bilim va malakalarni umumlashtirish va tizimlash; − Darsni yakunlash va dars natijalari; − Uyga vazifa berish; O‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash (zarur hollarda) Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling