Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
6.Darslarning turlari 
 
Darslarning faqat tiplari bo‘yicha emas, balki turlari bo‘yicha 
ham tasniflanishi ularni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun muay-
yan darajada ahamiyatga molikdir. Pedagogik adabiyotlarda dars-
larning turlari har xil asoslar bo‘yicha ifodalanadi. Darslarni o‘quv-
chi va o‘qituvchilar faoliyatining xususiyati bo‘yicha turlarga 
ajratish amaliy maqsadga muvofiq emas, bunday ajratishni ta’lim 
metodlarini amalga oshirish usullari bo‘yicha bajarish lozim. 
Mazkur holda darslarning tiplari va turlari bo‘yicha tizim-
lashtirish mukammal shaklga ega bo‘ladi: 
‒ pedagogik maqsad va o‘quv materiali darsning tipi, turini, 
didaktik maqsadlarini tanlash zaruratini keltirib chiqaradi va bular, 
o‘z navbatida, ta’limning metodlarini, vazifalarni hamda maqsadga 


136 
erishishning omillari sifatidagi ta’limning vositalari, masalalarini 
yechish usullarini oldindan belgilaydi. 
 
Darslarning turlari quyidagicha
I. a) dars ma’ruza 
b) dars suhbat 
d) kino darsi 
e) nazariy yoki amaliy mustaqil (tadqiqot tipidagi) ishlar 
darsi 
f) aralash dars (bitta darsda darsning har xil turlari birikmasi) 
II.a) mustaqil (og‘zaki yoki yozma mashqlardan iborat 
reproduktiv tipdagi)
b) dars laboratoriya ishi 
d) amaliy ishlar darsi 
e) dars ekskursiya 
III.a) og‘zaki (umumiy, yakka tartibda, guruhiy) so‘rash 
b) yozma (yakka tartibda) so‘rash 
d) sinov 
e) sinov amaliy (laboratoriya) ishi 
f) yozma ish 
g) aralash dars.
 
7.Darsga qo‘yiladigan psixologik talablar 
 
I. 
Darsga qo‘yilgan talablar: 
Zamonaviy darsga qo‘yiladigan didaktik talablar: 
– Ta'limiy topshiriqlarni uning barcha elementlarini hisobga 
olgan holda aniq qo‘ya bilish. 
– O‘quv rejasi va darsning maqsadini hisobga olgan holda 
hamda o‘quvchilarning tayyorligi, tayyorgarligini, darsning 
optimal mazmunini belgilash. 
– Darsda va uning har bir bosqichida o‘quvchilarning 
bilimlarni o‘zlashtirishlarini hisobga olish. 
– Darsdagi jamoa va individual ishlash yo‘llarini hisobga 
olgan holda samarali metod, usul va shakllarni tanlash. 
– Darsda barcha didaktik prinsiplarni qo‘llash. 


137 
– O‘quvchilarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratish; 
II. Darsga bo‘lgan psixologik talablar: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling