Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
8.Darsga tayyorlanish 
Darsning samaradorligi deganda uning ikkita tarkibiy qismini 
ko‘rish mumkin, bular: darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish va darsni 
o‘tish mahoratidan iborat. Yomon rejalashtirilgan, yetarlicha 
o‘ylanmagan, shoshilinch loyihalangan va o‘quvchilar imko-
niyatlari bilan uyg‘unlashmagan dars yaxshi sifatli bo‘lishi mumkin 
emas. 
Darsga tayyorlanish ‒ bu butun bir tadbirlar majmuasini ishlab 
chiqish, ayni paytda pirovard natijani ta’minlaydigan o‘quv tarbiya 
jarayonini tanlashdir. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi uch 
bosqichdan iborat: aniqlash, oldindan aytib berish, loyihalash 
(rejalashtirish). Bu o‘rinda o‘qituvchining materialni yaxshi bilishi, 
o‘z fani doirasida erkin fikrlay olishi ko‘zda tutiladi. U o‘z kasbiy 
mavzusiga oid papkasini yoki ish kitobini yuritib, unga o‘zi dars 
o‘tadigan fan sohasidagi eng yangi ma’lumotlarni to‘playdi, 


141 
muammoli masala va topshiriqlarni, test materiallarini jamlaydi. 
Takror aytamiz, muvaffaqiyatli dars o‘tish uchun o‘qituvchi amaliy 
va o‘quv materialini ishonch bilan puxta egallagan bo‘lishi zarur. 
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘quv axborotlarini sinf 
imkoniyatlariga, yuqori samara beradigan bilish mehnati va jamoa 
hamkorligini tashkil etishda qulay shart-sharoit (shakl) ni baholash 
va tanlashga “moslashishga” olib keladi. Dars berishning oqilona 
shaklini tanlash uchun o‘quv mashg‘ulotini qat’iy ravishda 
rejalashtirish zarur. Uning asosida darsni tayyorlash algoritmi 
(qoidalar majmui), barcha muhim omillar va holatlarni hisobga 
olishni kafolatlaydigan izchil tadbirlar bo‘lishi zarur. Demak, 
algoritm (qoidalar majmui)ni amalga oshirish muayyan shart-
sharoitlarni aniqlash bilan boshlanadi. Diagnostika (tashxis) bu  
tarbiyaviy ishlarni loyihalash munosabati bilan dars o‘tishdagi 
barcha vaziyatlarni “ochib” berish bilan o‘quvchilarning 
imkoniyati, ularning faoliyati va xulq-atvori motivlari, o‘qitish 
darajasi talab qiladigan ehtiyojlar va ishtiyoqlari, qiziqish va 
qobiliyatlari, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy 
ahamiyati, darsning tuzilishi, shuningdek, o‘quv jarayonida butun 
vaqtni qanday sarflanishini, tayanch bilimlarni takrorlash 
(aktualizatsiya)ga, yangi axborotlarni o‘zlashtirishga, mustah-
kamlash va sistemalashtirishga, bilim, malakani tekshirish va 
xatolarni to‘g‘rilashga ketgan vaqtni chuqur tahlil etish bilan 
ifodalanadi. Ushbu bosqich mashg‘ulotlar samaradorligini 
belgilovchi omillarning ta’sirini yorqin tasavvur etiladigan 
darsning diagnostik kartasini vujudga keltirish bilan yakunlanadi. 
Oldindan aytish bo‘lajak darsni o‘tishdagi turli variantlarni 
baholash va ular orasidan eng maqbulini tanlashga qaratilgan. 
Oldindan aytishning zamonaviy texnologiyasi dars samaradorligi 
miqdoriy ko‘rsatkichlarini quyidagi yo‘llar bilan chiqarishga 
yordam beradi. Darsning asl maqsadi bo‘lgan bilim (malakalar) 
hajmini shakllantirish 100% deb qabul qilinadi. Unga to‘sqinlik 
qiluvchi omillar, tabiiy ravishda bu ko‘rsatkichni pasaytiradi, 
yo‘qotishlar kattaligi (maxsus metodika orqali aniqlanadi) va ideal 
natijada chegirib tashlanadi, shunday qilib, pedagog o‘ylagan shakl 
bo‘yicha dars samaradorligining erishishi mumkin bo‘lgan aniq 


142 
ko‘rsatkichi aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘qituvchini 
qoniqtiradigan bo‘lsa, u darsga tayyorlanishning yakunlovchi 
bosqichi, rejalashtirishga o‘tadi. Qoniqtirmasa o‘zgartirish 
mumkin bo‘lgan omillar vositasida darsni tashkil etishning yanada 
mukammal shaklini izlashga majbur bo‘ladi. 
Loyihalash (rejalashtirish) tayyorlanishning yakunlovchi 
bosqichi bo‘lib, u o‘quvchilarni aqliy faoliyatini boshqarish 
dasturini tuzish bilan tugaydi. Boshqarish dasturi bu qisqa va 
aniq, erkin tuzilgan hujjat bo‘lib, unda o‘qituvchi jarayonni 
boshqarishning o‘zi uchun zarur o‘rinlarini qayd qiladi, kimdan va 
qachon so‘rash, qayerda muammoni yuzaga keltirish, mashg‘u-
lotning keyingi bosqichiga qanday o‘tish kerakligi, oldindan 
ko‘zlangan qiyinchiliklar paydo bo‘lganda jarayonni qanday 
shaklda qayta qurish mumkin va boshqalar shular jumlasidandir. 
Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasida boshqarish ta’sirini 
aniq, ravshan belgilash bilan farq qiladi. 
Yosh o‘qituvchilar darsning reja konspektini batafsil yozishlari 
kerak. Bu qoida amaliyot talabi bo‘lib, undan hali biror o‘qituvchi 
bo‘lajak darsni tashkil etishning har bir tafsilotigacha o‘ylab 
chiqmasdan haqiqiy ustoz bo‘la olmagan. Qachonki, takror-takror 
tuzilishlar odatga aylanib qolganda, rejaning hajmi muttasil kamaya 
borib, u harakatlarning aniq dasturiga aylangandagina, qisqar-
tirilgan yozuvlarga o‘tish mumkin bo‘ladi. 
Yosh o‘qituvchi rejasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak: 
– darsning o‘tish sanasi va mavzu rejasiga muvofiq uning 
tartib raqami; 
− 
dars o‘tilayotgan sinf va dars mavzusining nomi
− 
o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berish va ularni rivojlantirish 
maqsad va vazifalari; 
− 
dars izchilligini ko‘rsatgan holda uning tuzilishi va har bir 
bosqichlari bo‘yicha vaqt taxminiy taqsimlangan bo‘lishi; 
− 
o‘quv materialining mazmuni; 
− 
darsning har bir qismida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan 
metod va ish usullari; 
− 
dars o‘tish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari; 
− 
uyga topshiriqlar. 


143 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling