Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilish
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning natijalarini mustahkamlash
- O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilish
− O‘quvchilarni samarali faoliyat yuritishi va fikrlashi uchun zarur bo‘lgan choralarni aniqlash: − O‘quvchilarning obyekt va holatlarni qabul qilish va fikrlash yo‘llarini rejalashtirish; − Ishontirish, uqtirish shakllarini qo‘llash; − O‘quvchilarning diqqatini jamlash sharoitlarini rejalashtirish; − O‘quvchilarning yangi bilimlarini o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan ilgari egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanish (suhbat, yakka so‘rov, o‘tilgan mavzular yuzasidan mashqlar) − Yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga sharoit yaratish: − O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlash; − Tushuncha, tasavvur, tushunish, yangi fikrlarni qabul qilish darajalarini aniqlash; − O‘quvchilarning faolligini oshirish uchun ish usullarini reja- lashtirish; − O‘quvchilar faoliyatida turli xildagi ijodiy ishlardan foyda- lanish (ishning maqsadini tushunish, uni bajarish shartlari, materialni tanlash va tizimga solish, hamda natijani aytish); Ishning natijalarini mustahkamlash: − Mashqlar asosida; − Ilgari o‘zlashtirilgan bilimlardan keyinchalik ish faoliyatida foydalanishda. O‘quvchilarning individualligi: − O‘quvchilar o‘zlarining bilimini rivojlantirish va aqliy faoliyatini mustahkamlashi uchun zarur omil sifatida qarashi; − O‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlash, ularga beriladigan individual topshiriqlarni e’tiborga olish. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. 139 − Dars jarayonini o‘quvchilarning individual va yosh xusu- siyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish; − Dars jarayonini tashkil etishda o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni hisobga olish va ularga individual yondashish; III. Darsga qo‘yilgan gigiyenik talablar: − Havoning fizik va kimyoviy holati (shamollatishning zarur- ligi); − Toliqish va charchashning oldini olish; − Faoliyat turlarining almashinuvi (nazariyaning amaliy mash- g‘ulotlar bilan almashinuvi) − Jismoniy daqiqalarni o‘z vaqtida hamda talab darajasida bajarilishi; − O‘quvchining dars mobaynida qabul qilish va o‘zini tutishiga e’tibor berish; IV. Darsni tashkil etish texnikasiga qo‘yilgan talablar: − Dars o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va intilish uyg‘otishi. − O‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati tugallangan bo‘lishi, darsning davomiyligi optimal bo‘lishi; − Darsda pedagogik takt va pedagogik optimizm bo‘lishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning to‘liq hamkorligida amalga oshiri- lishi zarur; − Faol ijodiy mehnat va ixtiyoriy faoliyat yuritish holatini ta’minlanishi; − Imkoniyat darajasida o‘quvchilar bilan olib boriladigan faoliyat turlarini almashtirish; − Maktabning kun tartibini saqlashga harakat qilish; − Har bir o‘quvchining faol bo‘lishiga erishish. V. Dars bosqichlarini rejalashtirish: − Mavzu yoki bo‘lim yuzasidan dars tizimini ishlab chiqish. − Dastur, metodik qo‘llanma, maktab darsligi va qo‘shimcha adabiyotlarda berilgan tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni aniqlash. − Dars materialining zaruriy mazmunini saralash, ularning didaktik xususiyatlariga qarab tanlash; 140 − O‘quvchi dars jarayonida eslab qolishi zarur bo‘lgan materialni ajratish; − Darsning tuzilishi, tipini, samarali metodlarini aniqlash asosida darsni tashkil etish. − O‘quvchilarni yangi bilim va malakalarini shakllantirish jarayonida mazkur materialning yoki axborotning mazmunini avvalgi va keyingi material mazmuni bilan bog‘lash. − O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha bosqichlarini rejalashtirish. − Darsning didaktik vositalarini tanlash. − Ta'limning texnik vositalarini tanlash. − O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga xizmat qiluvchi mustaqil ishlarning shakl va hajmini aniqlash. − O‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash yo‘lla- rini bilish. − Uyga vazifa berish yo‘llarini o‘ylash. − Darsni yakunlash shakllarini o‘ylash. − Dars rejasi va borishini talablar asosida yozib borish. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling