«Umumiy psixologiya» fanidan kurs ishi mavzu: «Xulq-atvor shakllanishining ijtimoiylashuvi»
Xulq-atvor xislatlarining shakillanishida muhitning roli
Download 111.5 Kb.
|
umumiy 7
1.2. Xulq-atvor xislatlarining shakillanishida muhitning roli
Shaxs ongi va xulqiga tajovuzlarning ortib borayotganligi, xulqni boshqarish barcha sohalarda ustivor bo’lgan bir sharoitda insonning ruhiyatini, unda sodir bo’ladigan murakkab jarayonlarni, xolatlarni o’rganishning, yoshlarda mafkuraviy immmunitetning shakllanishining ahamiyati ham oshib boraveradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, odamni o’rganish qanchalik qadimiy va an’anaviy vazifa bo’lishidan qat’iy nazar, bugungi Globalizatsiya va bozor munosabatlariga o’tish davrida psixologiya fani uchun dolzarb bo’lmagan mavzu yoki jarayonning o’zi yo’qdir. Psixologiya ta’lim-tarbiya, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq ho’jaligi, kibernetika, axborotlar texnologiyalari kabi qator xalq xo’jaligi sohalari bilan aloqador fan tarmog’i hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, inson xulq-atvorini turli vaziyatlarda boshqarish uchun inson psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish, texnikaning inson qobiliyatlariga mos tarzda yaratish va ikkinchi tomondan, tafakkur va harakatlarni texnologik normalarga ko’ra tarbiyalash va moslashtirish muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o’ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda biz yuqorida ta’kidlagan “qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o’zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi – ijtimoiylashtiruvchi rol o’ynaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo’lib, bu farq odamlar psixologiyasida o’z aksini topadi. “Men” – obrazi va o’z-o’ziga baho. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. 2-bob Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling