«Umumiy psixologiya» fanidan kurs ishi mavzu: «Xulq-atvor shakllanishining ijtimoiylashuvi»


Download 111.5 Kb.
bet6/8
Sana17.02.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1209080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umumiy 7

2.2. Shaxsning xulq-atvorini boshqarishda irodani o’rganish
Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir; 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning subyekti sifatida amalga oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to’la-to’kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish, amal sifatida ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko’p jihatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaviy faoliyat sababli shaxs o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashini tushunib yetadi va hokazo. Shu bilan birga irodaning faollashtiruvchi va jilovlab turuvchi (tormoz qiluvchi) funksiyalari birgalikda (hamkorlikda) hukm sursagina, faqat shundagina shaxsning o’z maqsadiga erishish yo’lidagi to’siqlarni yengishni kafolatlashi mumkin.
Psixologiya fanida iroda nisbatan indeterministik qarash ham mavjud bo’lib, bunda psixik faoliyat biror narsa bilan belgilab bo’lmaydigan, ongsiz ravishda kechadigan dastlabki faollikka tobe hisoblanadi. Amerikalik psixolog U. Jems fikricha, hyech narsaga bog’liqligi yo’q irodaviy hukm yetakchi rol o’ynaydi. Aslida esa shaxsning ish amallari, harakatlari hayoti va faoliyatida obyektiv ravishda belgilanadi. o’z ichiga irodaviy harakatlarni mujassamlashtirgan motivlar shaxsning hozirgi davridan va o’tmishidan joy egallagan tashqi ta’sirlar natijasi sifatida insonni psixik rivojlanish jarayonida, uning borliq hodisalariga nisbatan faol munosabatida yuzaga chiqadi, asta-sekin tarkib topadi. Irodaviy harakatlarning sababiy bog’langanligi omili muayyan faoliyat usuli shaxsga majburan berilganini, shaxsiy xulq-atvori uchun javobgar emasligini, taqdiri azal deb tushuntirish huquqiga ega ekanligini anglatmaydi.
Ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun ularni o’zini o’zi uddalashga o’rgatishdan ish boshlamoq zarur. Shaxsning o’z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xohish irodasiga bo’ysundirish, ro’yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirlaydi, har xil xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida mustahkam irodali, prinsipal, qat’iyatli, uzoqni ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi haqiqiy milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy hayotida, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllantiradi. Insonga tug’ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axloqiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’naviyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo’lmaydi. Xuddi shu boisdan, insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig’ida o’zini o’zi boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda iroda inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish sifatida baholanadi, maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o’tish tariqasida ta’riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo’ladi.
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni- uning ijtimoiy xislatlarida o’z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko’rsatma (attityud), e’tiqodlar, ma’naviy his-tuyg’ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi. Shaxs uchun qiyin sharoitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga yo’naltiriladi.
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining motivasiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e’tiqodlar va ma’naviy his-tuyg’ularda o’z aksini topadi. Shaxslarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular inson ijtimoiy shartlangan yo’nalganligi va hayotiy pozisiyasini qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat hollarda inson shaxsining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari uning irodaviy faolligi yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati hisoblanmish sobitqadamlikda o’z ifodasini topadi. Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Aqliy faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, ya’ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko’zga tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo’r berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o’quv faoliyatida hyech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o’zaro uyg’unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb etadi.
Mehnat faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining omilkor, oqil ichki sharoitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir talay hayotiy shart-sharoitlar ta’siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy faollik, qiziquvchanlik, motivasion, mobilizasion tayyorgarlik, qat’iyatlilik xususiyatlari kiradi.
Mehnat va stress-emosional zo’riqishning keskin holati ko’rinishi, shakli hisoblanib, tashqi va ichki muhitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta’sir etish natijasida vujudga keladi. Ta’limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning tubdan teskari tomonga yo’naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo bo’luvchi va bartaraf qilish qiyin to’siqlarning ta’siri ostida ruhan tushkunlik, o’zini yo’qotib qo’yish, ko’pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv (tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi.
Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu, mehnat faoliyatidagi, ta’lim jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga hyech qanday bog’liq bo’lmagan odam turg’un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo’rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni va mehnat ko’nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh irodaviy sifat hisoblanib, u irodaviy boshqa ko’rinishlarning taraqqiyot darajasini va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglashi, jamoatchilik hissi, yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi va bularning barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxs o’z xohish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatidagi qat’iyatlilik- shaxs tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda hayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish uchun kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir.
Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiyot va xatti-harakatni tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o’z harakati va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlilik-qo’yilgan maqsadni muqaddas his etgan holda o’zini oqlaydigan xavf-xatarga qo’l urish, qo’rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish fazilatidir.
Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat’i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik- o’z e’tiqodiga qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning yordamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o’quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta’limiy mashg’ulotlar oqilona, haqqoniy ravishda, to’g’ri uyushtirilsa, unchali muhim bo’lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo’lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, o’zini qo’lga olishlik va hokazo.



Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling