«Umumiy psixologiya» fanidan kurs ishi mavzu: «Xulq-atvor shakllanishining ijtimoiylashuvi»
XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHIDA IRODANING O’RNI
Download 111.5 Kb.
|
umumiy 7
XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHIDA IRODANING O’RNI
2.1. Shaxsning irodaviy sohasi Iroda insongagina xos muhim xususiyat bo’lib, u shaxsning turli-tuman faoliyatlarida namoyon buladi. Iroda inson faolligining muhim tomonini tashkil etadi. Kuch-g’ayratni vujudga keltirish, qancha vaqt kuch-g’ayrat zarur bo’lsa, uni ushancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining shunday bir sohasiki, bu orqali odam o’z ishiga faol kirishadi va uni muvofiqlashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o’z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli zaruratdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yunalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g’ayrat bilan tegishli ish xarakatlarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari, odam o’z psixik faoliyatini tegishli ravishda uyushtirish xamda uni muayyan bir mazmunga yo’naltirishi xam mumkin.. Odam o’zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan bilintirmaslikka xarakat kilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi bo’lgan holatlarni ifoda etishi xam mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan, odam xatti-xarakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror xarakatdan saqlab qoladi, ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chikkan xolda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. Shaxsning irodaviy faoliyati o’z oldiga qo’ygan anglangan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo’r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o’rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga qo’ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. Ustivor (yetakchi) motivlar qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi. Shaxs faolligining har xil ko’rishlari mavjud bo’lib, ular funksional tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o’ziga xos shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o’z xatti-harakatlarini (xulq-atvorini) o’zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi mujassam bo’lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko’zga tashlanadiki, bunda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug’ilsa, u holda ularni tamoman yo’qotadi ham. Irodaning paydo bo’lishi bosh omili-inson tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarning tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng qo’lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo’yicha irodaviy zo’r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar uchun vositalar va operasiyalar tanlash, maqsad ko’zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo’lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operasional tomoni deb baholanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo’lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg’unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi subyekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o’zida ijrochisi (bajaruvchi) bo’lib ishtirok etadi. Mazkur holatda shaxs o’zida to’kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik stereotipiga), iymon-e’tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma’naviyatiga asoslangan holda ongli yo’l tutadi. Shaxsning umr (hayot) yo’lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy psixologik shartlangan fazilatlar (qarash, e’tiqod, qadriyat, ma’naviyat va hokazolar) sog’lom fikr, ustuvor (yuksak tuyg’u) hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta’sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o’z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs ma’naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo’lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko’taruvchisi funksiyasini bajaradi. Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda Amir Temur Ko’ragoniyning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband sher-yengaman der» hitobi, Cho’lponning «Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir» chaqirig’i javobgarlikni yuksak his etgan holda xalqining xohish irodasini ifoda qilib, qat’iy irodaviy xatti-harakatlarini amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o’zlarining ma’naviy, qadriy, ruhiy qiyofalarini chuqur va ko’pyoqlama ochib berishga musharraf bo’lganlar. Ijtimoiy tarixiy sahifalarimizda, yaqin o’tmishimizda va istiqlol davrida ko’plab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarining namunaviy ko’rinishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng ko’lamda yoritilgan. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling