«Umumiy psixologiya» fanidan kurs ishi mavzu: «Xulq-atvor shakllanishining ijtimoiylashuvi»
Download 111.5 Kb.
|
umumiy 7
2.3. Shaxs va irodaviy xarakatlar
Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy xarakat o’ziga xos xususiyatga egadir. Buning ma’nosi shuki, odam o’z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga ega bulgan maqsadlarga o’zi uchun unchalik ahamiyatli bulmagan boshka hatti-xarakat motivlarini bo’ysundiradi. Iroda kishining o’z xatti-xarakatlarini ongli ravishda boshkarishni, bir qator intilish va istaklarni tiyib turishni taqoza etadi. Irodaviy xarakat shundan iboratki, bundan odam o’zini-o’zi idora kiladi, o’zini-o’zi qo’lga oladi, o’z xis-tuygularini nazorat kilib turadi va kerak bo’lib qolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning namoyon bo’lishi ish-xarakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog’lik bo’lgan shaxs faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng mikyosda anglangan va psixik jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zo’ur berishni talab kiladigan bir qator ishlarni taqoza qiladi. Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning xayot yo’lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’liq bo’ladi. Massadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Karorga kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lidagi xarakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Tez qarorga kelish sur’ati bir kancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal kiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga, tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa kishilarning maslahati, bo’yrugi, takliflariga bog’likdir. Irodaviy zur berish va irodaviy xarakat maqsadga erishish yo’lida uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon buladi. To’siqlar esa ikki xil: ichki va tashki to’siqlar bo’lishi mumkin. Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baho berish bo’lib hisoblanadi. Baho berish qilingan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan xarakatlardan mamnun bo’lish yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli xarakatlarida namoyon buladi. Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab tuzilishga egadir. U ko’plab xarakat bosqichlarini o’z ichiga oladi. XULOSA Xulq-atvorni irodaviy boshqaruvi mavzuidagi kurs ishimizni tadqiq qilar ekanmiz qo’yidagi xulosalarni chiqarish imkoniga ega bo’lamiz: Birinchidan, avstriyalik olim Zigmund Freyd psixologiya nafaqat ong sohasini, ya’ni bevosita odam tomonidan anglanadigan xulq-atvor shakllarini, balki ongsizlikka aloqador hodisalarni, ya’ni real sharoitda inson o’zi anglab yetolmaydigan hodisalar tabiatini ham o’rganishi lozim degan g’oyani ilgari surgan. Ikkinchidan, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Uchunchidan, psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo’lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg’unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida shaxs ongli harakat qiluvc hi subyekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o’zida ijrochisi (bajaruvchi) bo’lib ishtirok etadi. To’rtinchidan, irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir: 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning subyekti sifatida amalga oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to’la-to’kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish, amal sifatida ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko’p jihatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaviy faoliyat sababli shaxs o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashini tushunib yetadi Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling