«Umumiy psixologiya» fanidan kurs ishi mavzu: «Xulq-atvor shakllanishining ijtimoiylashuvi»
Download 111.5 Kb.
|
umumiy 7
KIRISH
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hyech qachon yo’qotmaydigan masala bo’lib qolmoqda. Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, endigina jamiyatga moslashayotgan jajji o’g’il-qizlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lib, hayotdan munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarurdir. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda. Hozirda dolzarb bo’lgan muammolardan sanalmish yoshlarning har bir yosh davridagi xulq-atvorining negativ tomonga o’zgarmasligini nazorat qilishdan iboratdir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ushbu muammoni yechish uchun bir qatro o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yaqinda Prezidentimizning Oliy majlisga qilgan Murojaatnomasida ham bu fikrga alohida to’xtalganlar “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.”1 Ushbu dolzarb muammolardan kelib chiqib kursni tugatish ishimizni xulq-atvorning irodaviy boshqaruvi xususiyatlarini tadqiq qilishga qaratdik. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling