Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodimlarni ularga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirish


Download 154.93 Kb.
bet75/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

178-modda. Xodimlarni ularga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirish
Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
179-modda. Mehnat intizomini ta’minlash
Mehnat intizomi halol mehnat uchun rag‘batlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llanish orqali ta’minlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 180 va 181-moddalari, Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi namunaviy qoidalarining (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 3-bobi (“Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik”).
180-modda. Mehnat uchun rag‘batlantirish
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi namunaviy qoidalarining (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 3.2 va 3.3-bandlari.
Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari to‘g‘risida Qonunining (yangi tahriri) 3 va 5-moddalari.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda) xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling