Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
Download 154.93 Kb.
|
MEHNAT KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 186-modda. Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari
- 2-§. XODIMGA YETKAZILGAN ZARAR UChUN ISh BERUVChINING MODDIY JAVOBGARLIGI 187-modda. Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar
1-§. UMUMIY QOIDALAR
185-modda. Mehnat shartnomasining bir tarafi boshqa tarafga yetkazgan zararni qoplash majburiyati Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga yetkazgan zararini ushbu Kodeks va mehnat to‘g‘risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks XII bobining 2-paragrafi (“Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi”) va 3-paragrafi (“Ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi”). Mehnat shartnomasi yoki unga qo‘shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo‘yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo‘yicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 187 va 198-moddalari. Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo‘lmaydi. 186-modda. Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari Mehnat shartnomasining bir tarafi o‘zining g‘ayrihuquqiy aybli hulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, moddiy javobgar bo‘ladi. Taraflarning har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart. 2-§. XODIMGA YETKAZILGAN ZARAR UChUN ISh BERUVChINING MODDIY JAVOBGARLIGI 187-modda. Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar O‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida xodimga, boquvchisi ish bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda esa, — uning oila a’zolariga (192-moddaning birinchi qismi) yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda to‘laydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 189-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari. Ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda esa, — ish beruvchi va vafot etgan xodimning oila a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, bu masala sudda ko‘rib chiqiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 112-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021 va 1022-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi va 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlari. Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling